O‘zbekistonga sovuq ob-havo qaytmoqda

© Sputnik / Igor Podgorniy / Mediabankka o‘tishQirovli ob-havo
Qirovli ob-havo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sinoptiklar xabariga ko‘ra, kelayotgan juma kunidan boshlab O‘zbekistonda ob-havo sovushi kutilmoqda: ba’zi joylarda qor yoki yomg‘ir yog‘iib shamol tezligi sekundiga 20metrgacha kuchayadi.

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Yaqin kunlarda O‘zbekistonda havoning harorati pasayib qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.

Sinoptiklar xabariga ko‘ra, juma kunidan boshlab ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi: ba’zi joylarda  qor va yomg‘ir yog‘ib, shamol tezligi sekundiga 20 metrgacha kuchayadi. Havo harorati esa tinimsiz pasayib boradi.

Toshkentda kunduzgi harorat 10 gradusga pasayib, kunduzi +11…+13 gradusni, kechasi +5…+7 gradusni tashkil qiladi. Vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Qorqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bulutli bo‘lib ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tuman tushib, havo harorati kunduzi —2, tunda —5 gradus sovuq bo‘lishi kutilmoqda.    

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zi tumanlarda shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kunduzi +8 tunda +3 gradus bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ib, havo harorati kunduzi + 10… +15 gradus tunda +2…+7 gradus bo‘lishi kutilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi sekundiga 20 metrgacha kuchayib, havo harorati +5…+15 gradus atrofida bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kunduzi havo harorati +5…+10 daraja, tunda 0 darja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0