Madaniyat

"Oʻzbeknavo" virtual qabulxonani ishga tushirdi

© Sputnik / Stringer"Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi
Oʻzbeknavo estrada birlashmasi - Sputnik Oʻzbekiston
Koʻplab davlat idoralari qatorida oʻzbek estrada birlashmasi - "Oʻzbeknavo"ning ham virtual qabulxonasi ishga tushirildi

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi bosh direktori Oʻktamov Farhod Joʻrayevichning virtual qabulxonasi ishga tushdi. U qabulxona.uzbeknavo.uz elektron manzilida joylashgan.

Mikrofon - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Oʻzbek estradasiga nazar: zamonaviy qoʻshiqlar haqida luqmalar
"Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi bosh direktoriga murojaat qilishingiz mumkin", — deyilgan saytda.

Xabarda aytilishicha, murojaat qiluvchilar oʻz savol, shikoyat va takliflarni "Oʻzbeknavo" estrada birlashmasi Bosh direktori nomiga +99871 234-24-28, +99871 234-52-90 telefon raqami orqali bogʻlanib, bildirishlari mumkin.

Virtual qabulxonada har bir murojaat qiluvchi oʻz arizasi maqomini tekshirib koʻrishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala