"O‘zbeknavo" virtual qabulxonani ishga tushirdi

© Sputnik / Stringer"O‘zbeknavo" estrada birlashmasi
O‘zbeknavo estrada birlashmasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘plab davlat idoralari qatorida o‘zbek estrada birlashmasi - "O‘zbeknavo"ning ham virtual qabulxonasi ishga tushirildi

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi bosh direktori O‘ktamov Farhod Jo‘rayevichning virtual qabulxonasi ishga tushdi. U qabulxona.uzbeknavo.uz elektron manzilida joylashgan.

O‘zbek estradasiga nazar: zamonaviy qo‘shiqlar haqida luqmalar
"Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi bosh direktoriga murojaat qilishingiz mumkin", — deyilgan saytda.

Xabarda aytilishicha, murojaat qiluvchilar o‘z savol, shikoyat va takliflarni "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi Bosh direktori nomiga +99871 234-24-28, +99871 234-52-90 telefon raqami orqali bog‘lanib, bildirishlari mumkin.

Virtual qabulxonada har bir murojaat qiluvchi o‘z arizasi maqomini tekshirib ko‘rishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0