Jamiyat

Rossiyada ommaviy sayyohlik yoʻnalishlari jiddiy oʻzgarmoqda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishMoskva, Qizil maydon
Moskva, Qizil maydon - Sputnik Oʻzbekiston
Tahliliy markaz xabariga koʻra, Rossiya aholisi oldin ommaviy boʻlgan Turkiya va Misrdan voz kechib, Xitoy va Tailand kabi kam xarajatli va xavfsiz mamlakatlarga koʻproq sayohat qila boshlagan.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Tashqi siyosat va iqtisoddagi mushkulotlar 2016 yilda Rossiyalik turistlarning chet elga sayohatlarini jiddiy ravishda cheklab qoʻydi, deb xabar qilmoqda Rossiya  Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Tahliliy markaz.

"Rublning qadri tushib ketishi va bir necha ommaviy yoʻnalishlarning berkitilishi, chet elga qilinayotgan sayohatlar oʻrtacha narxini 2015 yilda 37%ga va 2016 yilning yanvar-oktyabrida yana 16 %ga oshirdi. Natijada turistik xizmatlar bozori hajmi 2013yilgidan 25% pastga tushib ketdi. Aholining ayrim qismi tashqi turizm oʻrniga dam olishning boshqa turlaridan foydalanishdi", — deyilgan xabarda.

Turistы na ostrove Olxon - Sputnik Oʻzbekiston
Turistы na ostrove Olxon
Tahlilchilar fikriga koʻra, 2013 yilda chet elga amalga oshirilgan sayohatlar soni 100 kishiga oʻrtacha 37 sayohat toʻgʻri kelgan edi. Ushbu koʻrsatkich Rossiyaning tashqi turizm boʻyicha dunyoning yetakchi mamlakatlari qatoriga qoʻshdi. 2015 yilda esa ushbu koʻrsatkich 20%ga kamaydi. Kamayish aksariyat holda Tailand (- 46,0%), Yunoniston(- 45,6%), Ispaniya (‑ 39,2%) va BAA (- 36,0%) mamalakatlari hisobidan boʻldi. Mutaxassislar fikriga koʻra, ushbu mamalkatlarga sayohatchilar soni kamayishi aksariyat hollarda iqtisodiy sabablarga koʻra, yaʼni rublning kursi tushishi natijasida boʻlgan. Ukraina (- 35,2%), Misr (- 22,1%) va Turkiya (- 17,9%) kaabi mamalkatlarga esa, turistlar soni kamayishining aosiy sababi, bu — geosiyosiy vaziyat boʻldi.

2016 yilning 6 oyida Rossiyaliklarning chet elga boʻlgan sayohatlari 13%ga kamaydi. Kamayish aksariyat Turkiya va Misr hisobidan boʻldi. Shuningdek eng ommaviy yoʻnalishlar ham biroz oʻzgardi. Bu yil rossiyaliklar kam xarajatli va xavfsiz yoʻnalishlarga koʻproq sayohat qila boshladi. Bular Kipr (+49,2%), Xitoy (+ 44,9%) va Tailand (+ 24,2%) boʻldi.

Turistы na steklyannoy smotrovoy platforme v kitayskoy provintsii Xunan - Sputnik Oʻzbekiston
Turistы na steklyannoy smotrovoy platforme v kitayskoy provintsii Xunan
Ichki turizm

Rosturizm xabariga koʻra, turistik sayohatlar soni 2015 yilda 50 mlnga yetgan. Bu 2014 yilga nisbatan 20%ga koʻp boʻlsada ushbu sohada Juda katta muammolar bor: transport, mehmonxona va boshqa infraqurilmaarning rivojlanmaganidir. Shu sababli bugungi kundi ichki turizmni rivojlantirish uchun izchil harakatlar qilinayotgan boʻlsada, aholining aksariyat qismi kelasi yildan Turkiya va Misr qirgʻoqlari tomon shoshilishi ehtimoli katta.    

Ekspertlar fikriga koʻra, Rossiya mamllakatga kelayotgan sayyohlar soni boʻyicha, yetakchi mamlakatlar oʻntaligiga kiradi. Rossiyaga eng koʻp kelayotgan fuqarolar- MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlari, shuningdek Polsha, Finlyandiya, Xitoy va Germaniya fuqarolaridir. Oxirgi yillardaRossiyaga kelayotgan sayyohlar soni oshib borayotgan boʻlsada, ular uchun yetarli qulayliklarga ega boʻlgan infraqurilma hajmi cheklangan. Shuning uchun ushbu sohada katta oʻsish boʻlishiga ishonish qiyin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala