Rustam Azimov qaysi lavozimda qolgani oydinlashdi yoxud hukumatning yangi tarkibi haqida

© Sputnik / Aleksey DrujininRustam Azimov
Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalida Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi keltirildi

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Hukumat portalida keltirilgan xabarga ko‘ra, bugun O‘zbekiston Moliya vazirligidan ketgan Rustam Azimov hukumat tarkibida qolgan.

Vazirlar Mahkamasining shaxsiy tarkibi esa quyidagicha:

Aripov Abdulla Nig‘matovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri.

Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov faoliyatiga nazar: aloqa sohasidan yuksak cho‘qqilar sari yo‘l
Bosh vazir quyidagi vazirliklar faoliyatini muvofiqlashtiradi: Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosarlari: Ramatov Achilbay Jumaniyazovich; O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish va kurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari; Azimov Rustam Sodiqovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish kompleksining rahbari.

Mirzayev Zoyir Toirovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri — Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksining rahbari.

O‘zbekistonda yoppasiga kadrlar almashuvi ro‘y bermoqda
Ibragimov G‘ulomjon Inomovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari.

Rozuqulov Ulug‘bek Ubaydullayevich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, “O‘zavtosanot” aksiyadordik kompaniyasi boshqaruvi raisi — Eksport salohiyatini va mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari.

Ikramov Adham Ilhomovich — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri — Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari.

Norboyeva Tanzila Kamalovna — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi.

Yangiliklar lentasi
0