Rustam Azimov o‘z lavozimini tark etdi

© Pravitelstvo KRRustam Azimov
Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rustam Azimov Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida qoldirilgan

TOShKENT, 15 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Rustam Azimov o‘z lavozimidan ozod etilgan.

"Darakchi" nashrida berilgan xabarga ko‘ra, sobiq Moliya vaziri Bosh vazir o‘rinbosari lavozimida qoldirilgan.

Azimovning o‘rnini shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan, "Ipoteka-bank" aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Kengashi raisi Xodjayev Botir Asadillayevich egallagan.

Botir Xodjayev 1956-yilda Toshkentda tug‘ilgan, 1979-yilda Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutini tamomlagan.

Yangiliklar lentasi
0