Islom Karimov yodgorligi namunalari ko‘rgazmada namoyish etiladi

© AFP / BRENDAN SMIALOWSKIIslom Karimov
Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tanlov yakuniga ko‘ra O‘zbekiston badiiy akademiyasi ko‘rgazmalar zalida barcha taklif etilgan yodgorlik namunalari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovga atalgan yodgorlik o‘rnatish bo‘yicha Xalqaro ijodiy tanlov boshlandi. Ijodiy ishlar  2017-yilning 31-martiga qadar qabul qilinadi, deb xabar beradi "Novosti Uzbekistana".

Tashkilotchilarning ma’lum qilishlaricha, tanlov yakuniga ko‘ra O‘zbekiston badiiy akademiyasi ko‘rgazmalar zalida barcha taklif etilgan yodgorlik namunalari ko‘rgazmasi o‘tkaziladi. Uning muddati 2017-yil 10-apreligacha etib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlov e’lon qilindi

Ishtirokchilar o‘z ishlarini anonim ravishda, olti xonali raqamli kod bilan belgilagan holda jo‘natishlari lozim. Tanlov qatnashchilari hakamlar hay’atiga yodgorlikning bo‘yi 70 santimetrdan baland bo‘lmagan skulptura modelini, 1:50 o‘lchamdagi maketi, planshet hamda loyiha materiallari jamlangan albomni taqdim etishlari kerak bo‘ladi.

Tanlov Nizomiga ko‘ra, ishtirokchilarning aksariyat qismi anonim holda qoladi. Faqatgina tanlov loyihasida mukofotga sazovor bo‘lgan mualliflarning ism-shariflari e’lon qilinadi. Birinchi o‘rin uchun mukofot 25 ming, ikkinchi o‘ringa 20 ming, uchinchi o‘ringa 15 ming dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, har biri 5 ming dollardan bo‘lgan uchta rag‘batlantiruvchi mukofot taqdim etiladi.

Hakamlar hay’ati a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishiladi va tasdiqlanadi.

Yangiliklar lentasi
0