O‘zbekistonda non mahsulotlaridagi tuz meyori tartibga solinadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishTuz savdosi
Tuz savdosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda respublikada eng ko‘p o‘lim birinchi navbatda yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida yuz bermoqda. Olim va ekspertlar buning sabablarini qidirishda davom etishmoqda, xususan o‘zbekistonliklar iste’mol qilayotgan tuz miqdorini o‘rganishmoqda

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor non mahsulotlari tarkibidagi tuz miqdori meyori standartlarini kiritishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi sog‘liqni saqlash vazirligidagi manba Sputnik O‘zbekiston muxbiriga.

Bugungi kunda respublikada eng ko‘p o‘lim birinchi navbatda yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida yuz bermoqda. Olim va ekspertlar buning sabablarini qidirishda davom etishmoqda, xususan o‘zbekistonliklar iste’mol qilayotgan tuz miqdorini o‘rganishmoqda.

"Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, tuzni o‘ta ko‘p iste’mol qilish respublikada yurak-qon tomir kasalliklari o‘sishiga olib keladi, chunki ko‘p miqdordagi tuz sababli buyraklar funksiyasi buziladi, gipertoniya kasalligi, insult va infarktlar kelib chiqadi. Mamlakatimizda JST belgilagan 5 gramm kunlik tuz iste’moli o‘rniga uch baravar ko‘p miqdorda tuz iste’mol qilinadi. 18 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan o‘rtacha o‘zbekistonlik bir kunda deyarli 15 gramm tuz iste’mol qiladi", — dedi manba.

katta qozonda ovqat pishirish - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aholisining 99% - juda ko‘p tuz iste’mol qilar ekan

2014 yilda sog‘liqni saqlash vazirligi o‘tkazgan so‘rovda 37% o‘zbekistonliklar meyoridan ortiqcha tuz iste’mol qilishlarini aytishgan. Shundan so‘ng 2015-2016 yillarda bu yo‘nalishda keng miqyosda tadqiqot o‘tkazish haqida qaror qabul qilingandi.

Natijada mutaxassislar O‘zbekistonning 46,5% aholisi o‘ta ko‘p (kuniga 15 grammdan ortiq), 53,2%i — o‘rtacha (kuniga 7,5-15 g) va 0,3%i — oz (kuniga 7,5 gdan kam) tuz iste’mol qilishi ma’lum bo‘ldi. Katta yoshdagi erkaklarning to‘rtdan uch qismi kuniga 15 grammdan ortiq tuz iste’mol qiladi. Eng ko‘p tuz Qoraqalpog‘iston va Buxoro viloyatida iste’mol qilinadi.

"Eng yomoni, tuz bu — yashirin tahdid. Tuzni nafaqat ovqatga qo‘shganimizda, balki tayyor mahsulotlar, masalan non yeganimizda ham qabul qilamiz. Nonga qancha tuz qo‘shish borasida hech qanday meyor bo‘lmagan. masalan, hozirda nondagi qo‘rg‘oshin miqdori qancha ekanligini aniqlanadi, lekin tuz miqdori aniqlanmaydi", — dedi suhbatdosh.

Vaziyatni tartibga solish uchun sog‘liqni saqlash vazirligi oziq-ovqat sanoati mahsulotlari xavfsizligini aniqlash tartibiga kiritiladigan o‘zgartishlarni ishlab chiqdi. Bundan asosiy maqsad, 2025-yilga kelib tuz iste’moli miqdorini 30%ga kamaytirishdir. Endi bu jarayonga ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni keng jalb etish qoldi.

Yangiliklar lentasi
0