Kamilov Buyuk Britaniya TIV rahbari o‘rinbosarini qabul qildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishAbdulaziz Kamilov
Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi

TOShKENT, 16 dek – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Alan Dunkan bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda bildirilishicha, suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Britaniya hamkorligining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga qiziqish bildirildi hamda xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda Buyuk Britaniya elchisi Kristofer Allan ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0