Migratsiya

Endilikda patentga toʻlovni juda qisqa vaqtda amalga oshirish mumkin

© Press-slujba MMTSKvitantsiyadagi maxsus kod patent toʻlovini yengillashtiradi
Kvitantsiyadagi maxsus kod patent toʻlovini yengillashtiradi - Sputnik Oʻzbekiston
Endilikda Migratsiya markazida beriladigan kvitantsiya(toʻlov varaqasi)da maxsus QR-kod mavjud boʻlib, bu Rossiyadagi Sberbank boʻlimlarida yoki bank toʻlov terminallarida patent toʻlovini ancha osonlashtirishi aytilmoqda

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Moskva shahar Migratsiya markazi matbuot-xizmati tarqatayotgan xabarlarga koʻra, bundan keyin markaz tomonidan migrantlarga beriladigan kvitantsiyalarda maxsus QR-kod mavjud boʻladi.

"Bu maxsus kod yordamida Rossiyadagi Sberbank boʻlimlari va bankning oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish terminallarida, shuningdek, "Sberbank-onlayn" mobil dasturi orqali patent toʻlovini osonlikcha amalga oshirish mumkin", — deyilgan xabarda.

Yangi yil archasi - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Saxarovadagi Migratsiya markazi yanvar oyi boshida ishlamaydi
Aytilishicha, QR-kod toʻlovchi haqida toʻliq axborotni oʻz ichiga olgan boʻladi — yaʼni uning toʻliq ism-sharifi, pasport maʼlumotlari, INN, toʻlov toʻlanayotgan patent raqami, hamda toʻlov summasi.

"Endilikda, mehnat migranti Sberbank kassalarida ushbu kvitantsiyani taqdim etadigan boʻlsa, bank operatori u haqdagi maʼlumotlarni qoʻl yordamida kiritmaydi, balki ularni skaner yordamida "oʻqiydi". Bu holat toʻlov jarayonini yengillashtiradi hamda pul toʻlovida xatoga yoʻl qoʻyilishining oldini oladi. Patentga toʻlovni terminal yoki mobil ilova orqali amalga oshirayotganda ham kodli kvitantsiyani apparat skaneri yoki gadjet ekraniga yaqinlashtirilsa kifoya, maʼlumot hisobga oʻtadi", — deyilgan xabarda.

"Migrantlar patent uchun toʻlov kvitantsiyasini Migratsiya markazining oʻzida olishi yoxud saytda shakllantirishlari mumkin. Mustaqil shakllantirilgan hujjatlarda ham maxsus kod boʻladi", — deyilgan markaz xabarida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala