Hodisalar

Ana, xolos! Masjidda oʻgʻrilik qilgan shaxs qoʻlga olindi

Musulmonlar namoz oldidan tahorat olishayotgan vaqtlarida, "uddaburro"lar osigʻliq ust-kiyim choʻntaklaridan mobil telefonlarni oʻgʻirlash bilan shugʻullangan

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Oʻsh masjidlarida telefonlar oʻgʻrilangan, ushbu hodisada gumonlangan 44 yashar erkak qoʻlga olindi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston nashri shahar IIB matbuot-kotibidan olingan maʼlumot asosida.

Mada qishlohida yashovchi bu erkak, bundan tashqari yana ikkita masjidda "telefon toʻplash" bilan shugʻullangan boʻlishi mumkin.

Xabarda aytilishicha, odamlar namoz oldidan tahorat olishga kirib ketgan vaqtlarida, oʻgʻri ust-kiyimlar choʻntaklaridan telefonlarni "yigʻish" bilan shugʻullangan.

Sputnik Qirgʻiziston nashri xabariga koʻra, ayni vaqtda gumondor vaqtincha hibsga olingan. Erkak muqaddam oʻgʻrilik uchun sudlanganligi qoʻshimcha qilinmoqda.

Oʻsh shahar IIB masjidda telefonini yoʻqotgan odamlardan militsiyaga murojaat qilishni soʻramoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala