Siyosat

Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimiyatini Toʻytepaga koʻchirib, shaharni yangidan qurmoqchi

© darakchi.uzToshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyati hokimligi - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent viloyati hokimligi Toʻytepa shahriga koʻchiriladi. Bu haqda 15 dekabr kuni Toshkent viloyatida oʻtkazilgan Xalq deputatlari kengashining navbatdagi yigʻilishi davomida maʼlum qildi

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati hokimiyatini Toʻytepaga koʻchirib, shaharni yangidan qurishini aytdi, deb xabar qilmoqda Qalampir nashri.

Ekspert Aleksey Bыchkov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Oʻzbekistonni Oʻrta Osiyoning eng rivojlangan mamlakatiga aylantirishi mumkin - ekspert
Xabarda taʼkidlanishicha, Toshkent viloyati hokimligi Toʻytepa shahriga koʻchiriladi. Bu haqda Mirziyoyev 15 dekabr kuni Toshkent viloyatida oʻtkazilgan Xalq deputatlari kengashining navbatdagi yigʻilishi davomida maʼlum qilgan.

"Toshkent viloyati hokimligini Toʻytepa shahriga koʻchiramiz. Toʻytepani yangidan quramiz. Toshkent bilan Toʻytepa orasini besh va uch qavatli uylar qurib, qoʻshamiz. Kelgusida katta tezlikdagi avtomobil yoʻli quramiz. Toshkentga borish-kelish uchun xalqimiz qiynalmasligi kerak. Toʻytepa markazga aylantiriladi", deb taʼkidlagan Oʻzbekiston prezidenti oʻz nutqida.

Taʼkidlanishicha, 3-4 yilda Toʻytepaga Toshkent viloyati hokimligi koʻchirilishi munosabati bilan shahar katta markazga aylantiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala