Jamiyat

Uzcard kartalari faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishBank kartalari uchun toʻlov terminali
Bank kartalari uchun toʻlov terminali - Sputnik Oʻzbekiston
Kompaniya yangi yil oldi kunlari karta egalariga xaridlar va onlayn toʻlovlarni kunning ikkinchi yarmi va kechki vaqtga rejalashtirishlarini tavsiya qilmoqda

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. 2016 yilning  14 va 15 dekabr kunlari Uzcard kartalari sohiblari xarid jarayoni davomida qator maʼlum muammolarga dech keldilar. Tranzaktsiyalar faolligining ortishi munosabati bilan POS va E-POS terminallarining Protsessing Markazi bilan ertalabki soatlarda (11:00-12:30)uzilishlar kuzatildi, deb xabar qilingan kompaniya saytida.

Kompaniya yangi yil oldi kunlari karta egalariga xaridlar va onlayn toʻlovlarni kunning ikkinchi yarmi va kechki vaqtga rejalashtirishlarini tavsiya qilmoqda.

"Mazkur holatlar yuzasidan choralar koʻrilmoqda. Shunga qaramasdan, yangi yil oldi kunlari karta egalariga xaridlar va onlayn toʻlovlarni kunning ikkinchi yarmi va kechki vaqtga rejalashtirishlarini tavsiya qilamiz.
Bizni tushunasiz degan umiddamiz!", — deyilgan xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala