Madaniyat

Prezident archasiga chiptalar 35 ming soʻmdan boshlanadi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishArcha
Archa - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident archasi anʼanaga koʻra, bu yil ham 29-30 dekabr kunlari oʻtkaziladi

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Yangi yil arafasida Toshkent shahridagi "Turkiston" sanʼat saroyida "Prezident archasi" teatrlashtirilgan kontsert dasturi namoyish etilishi anʼanaga aylangan. Anʼanaga sodiq qolgan holda, bu yil ham 29–30 dekabr kunlari oʻtkaziladi, deb xabar bermoqda "Qalampir" nashri.

Toshkentdagi Yangi yil archasi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Toshkentning 9 maydonida Yangi yil archasi oʻrnatiladi
Xabarda taʼkidlanishicha, chiptalar 35, 40, 45 ming soʻmdan "Turkiston" sanʼat saroyi kassalarida sotuvga chiqqan.

Taklifnoma bilan kelgan bolalarga "Prezident sovgʻasi" hadya qilinadi, kontsertga chipta xarid qilib kirgan bolalarga esa sovgʻa berilishi uchun ota-onalar qoʻshimcha pul toʻlashi lozim.

Ushbu kontsert dasturi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda "Tomosha" bolalar musiqiy teatr-studiyasi hamkorligida taqdim etiladi.

Bolajonlar uchun "Tomosha" bolalar musiqiy teatr-studiyasi tomonidan tayyorlangan teatrlashtirilgan musiqiy dastur namoyish etiladi. Shuningdek, tadbirga taklif etilgan bolalarga "Prezident sovgʻasi" Lola Karimova-Tillayeva boshchiligidagi "Sen yolgʻiz emassan" xayriya jamgʻarmasi tomonidan topshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala