ShHT 15-yilligiga bag‘ishlangan marafonda 15,6 ming kishi qatnashdi

© AFP / MARK RALSTONShHT davlatlari bayroqlari
ShHT davlatlari bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Efiopiyalik Tilaxun Ayele Tariku 42 kilometr 195 metr masofani 2 soat 22 daqiqa 2 soniyada bosib o‘tib marafon g‘olibiga aylandi

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Xitoyning Kunmin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga asos solinganligining 15-yilligiga bag‘ishlab marafon o‘tkazildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Marafonda ShHTga a’zo davlatlar hamda Efiopiya, Keniya, AQSh, Kanada, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Tailand, Uganda va Senegaldan jami 15,6 ming kishi ishtirok etdi.

Marafon beshta masofani o‘z ichiga oldi: to‘liq marafon (42 kilometr 195 metr), yarim marafon (21 kilometr), 10 va 5 kilometrga yugurish hamda "ShHT milyasi" deb atalgan 2016 metr masofaga yugurish. "ShHT milyasi" musobaqasida tashkilotga a’zo davlatlar elchilari, shuningdek, ShHT bosh kotibi Rashid Alimov qatnashdi.

Marafon xavfsizligini 12 ming nafar tartib posbonlari ta’minlashdi.

ShHT hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi - Sputnik O‘zbekiston
ShHT davlatlari hukumat rahbarlari qator hujjatlarni imzoladilar

Efiopiyalik Tilaxun Ayele Tariku 42 kilometr 195 metr masofani 2 soat 22 daqiqa 2 soniyada bosib o‘tib marafon g‘olibiga aylandi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni keniyalik yuguruvchilar egallashdi.

Ayollar o‘rtasida keniyalik Roda Jepkorir Tanui 2 soat 33 daqiqa 43 soniya ko‘rsatkich bilan g‘oliblikka erishdi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Qirg‘iziston va Efiopiya sportchilari egallashdi. To‘liq marafon g‘oliblariga 40 ming dollardan mukofot beriladi.

Bundan tashqari, marafon doirasida "ShHT do‘stlik xiyoboni" ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

2001 yilda tashkil etilgan ShHTga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. 2015-yilda ShHTga Hindiston va Pokistonni qabul qilish jarayoni boshlandi. Armaniston, Ozarbayjon, Kamboja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka muloqot bo‘yicha sheriklar hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0