Jamiyat

Lola Karimova-Tillyayeva xalqaro mukofotga sazovor boʻldi

Lola Karimova-Tillyayeva Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Baxga minnnatdorlik bildirgan hamda oʻzbekistonlik sportchi ayollarning muvaffaqiyatlari haqida soʻz yuritgan

TOSHKENT, 19 dek – Sputnik. Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi Lola Karimova-Tillyayeva Xalqaro olimpiya qoʻmitasining mukofotiga sazovor boʻldi. U bu haqda oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qildi.

"Men sportda gender tenglikni ilgari surishga qoʻshgan hissam uchun Xalqaro olimpiya qoʻmitasi tomonidan "Ayollar va sport" diplomi bilan taqdirlanganimdan nihoyatda xursandman va faxrlanaman", deb yozadi u.

Lola Karimova-Tillyayeva Xalqaro olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Baxga minnnatdorlik bildirgan hamda oʻzbekistonlik sportchi ayollarning muvaffaqiyatlari haqida soʻz yuritgan.

"Sportni xotin-qizlar orasida ommalashtirish maqsadida amalga oshirayotgan ishlarimizga shunday yuqori baho berilgani uchun Xalqaro olimpiya qoʻmitasi va uning prezidenti Tomas Baxga oʻz minnatdorligimni izhor etmoqchiman.

Oʻzbek tilida quyidagi sharhda oʻqing. Dlya menya bolshaya radost i chest bыt udostoyennoy Diploma dostijeniy “Jenщinы i Sport” Mejdunarodnogo Olimpiyskogo Komiteta za vklad v prodvijeniye gendernogo ravenstva v sporte. YA bы xotela vыrazit svoyu blagodarnost Mejdunarodnomu Olimpiyskomu Komitetu i lichno Prezidentu organizatsii Tomasu Baxu za vыsokuyu otsenku nashey deyatelnosti v sfere populyarizatsii i prodvijeniya sporta sredi jenщin i devochek. Otradno, chto segodnya desyatki nashix sportsmenok dostoyno zaщiщayut chest respubliki na krupnыx mejdunarodnыx sorevnovaniyax i vnosyat ogromnыy vklad v rost avtoriteta uzbekskogo sporta na mirovoy arene. Nadeyus, chto rabota, provodimaya otechestvennoy Federatsiyey gimnastiki, poslujit dalneyshemu progressu uzbekskogo sporta, a takje stanet neobxodimыm podsporyem dlya buduщix pobed nashix sportsmenov. ⬇️ I am delighted and greatly honoured to be awarded the International Olympic Committee’s “Women and Sport” Diploma in recognition of achievements and contributions to promoting gender equality in sport. I would like to thank the International Olympic Committee and its president Thomas Bach for this recognition of our work in promoting sport among women and girls. We are extremely proud of our talented sportswomen who have been raising the profile of Uzbekistan’s sport globally through their successful participation in international tournaments. I hope that the Uzbek Gymnastics Federation’s efforts will contribute to the further development of sport in our country and provide foundations for future victories by our athletes.➡️ Men Xalqaro olimpiya qoʻmitasi tomonidan “Ayollar va sport” diplomi bilan taqdirlanganimdan nihoyatda xursandman. ➡️⬇️

Foto opublikovano Lola Karimova-Tillyaeva (@lola_tillyaeva) Dek 17 2016 v 7:09 PST

Shuni mamnuniyat bilan taʼkidlamoq lozimki, bugungi kunda oʻnlab oʻzbekistonlik sportchi ayollar yirik xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Oʻzbekiston sportining xalqaro miqyosidagi nufuzini yanada oshirishga oʻzlarining ulkan hissalarini qoʻshmoqdalar.

Gimnastika federatsiyamiz tomonidan olib borilayotgan saʼy-harakatlar oʻzbek sportining rivojiga xizmat qilib, sportchilarimizning kelajakdagi gʻalabalari uchun zamin yaratishiga ishonaman", deb yozadi Lola Karimova-Tillyayeva.

Lola Karimova-Tillyayeva Oʻzbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili, "Sen yolgʻiz emassan" xayriya fondi va Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi raisi, Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala