Sport

Oʻzbek bokschilari neft mamlakatlari jahon kubogida medallarga erishdilar

© olympicboxing.uzFarman Salmanov xotirasiga oʻtkazilgan XIV jahon kubogi
Farman Salmanov xotirasiga oʻtkazilgan XIV jahon kubogi - Sputnik Oʻzbekiston
Turnirda 10 vazn toifasida Osiyo va Yevropaning 14 mamlakatidan 130dan ortiq sportchilar ishtirok etishdi

TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasi sotsialistik mehnat qahramoni Farman Kurban oʻgʻli Salmanov xotirasiga bagʻishlab 14-18 dekabr kunlari oʻtkazilgan boks boʻyicha neft mamlakatlari XIV jahon kubogidan medallar bilan qaytishdi, deb xabar beradi Oʻzbekiston boks federatsiyasi

Iqboljon Xoldarov 64 kilogrammgacha vazn toifasida finalda rossiyalik Aleksey Mazur ustidan ishonchli gʻalabaga erishdi.

75 kilogrammgacha vazn toifasida esa Isroil Madrimov rossiyalik Aleksandr Agafonovdan ustun keldi.

© olympicboxing.uzFarman Salmanov xotirasiga oʻtkazilgan jahon kubogi
XIV Kubok mira po boksu neftyanыx stran pamyati Farmana Salmanova - Sputnik Oʻzbekiston
Farman Salmanov xotirasiga oʻtkazilgan jahon kubogi

49 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan Mironshoh Ibragimov kumush medalga sazovor boʻldi. Mirazizbek Mirzaxalilov (56 kggacha) va Ulugʻbek Mubinov (91 kgdan ortiq) bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Turnirda 10 vazn toifasida Osiyo va Yevropaning 14 mamlakatidan 130dan ortiq sportchilar ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala