Jamiyat

Mirzo Ulugʻbek tumaniga 121 mln $ sarmoya kiritiladi

© Sputnik / Aleksey Babushkin / Fotobankka oʻtishToshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani
Toshkent, Mirzo Ulugʻbek tumani - Sputnik Oʻzbekiston
2020 yilga qadar Mirzo Ulugʻbek tumani rivojlanishiga 121 mln $ sarflanadi. Ushbu choralar natijasida tuman eksporti har yili 44 mln $ ni tashkil qilishi kerak.

TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. Oʻzbekiston hukumatining 2016 yilning 12 dekabrida qabul qilingan qaroriga binoan Mirzo Ulugʻbek tumanini 2017-2020 yillarda kompleks rivojlantirish dasturiga koʻra, tuman hududida amalga oshirilishi kerak boʻlgan 108 loyiha uchun 121 mln dollar sarflanadi.  

Moliya manbaalari sifatida tuman korxonalarining xususiy mulki (57,7 mln $), bank kerditlari (38,8 mln $) hamda chet el sarmoyalaridan  (26,5 mln $) foydalaniladi, deb xabar qilmoqda nuz.uz sahifasi.

Rasmiy prognozga koʻra, 2020 yilga qadar sarmoyalarning 70% yoki 84 mln $ hududida sanoat korxonalari yaratishga yoʻnaltiriladi. Yaqin uch yil ichida  tumanda qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati sohasi va boshqa sohalarda 52 ta yangi korxona yaratilishi koʻzda tutilgan.

Rejaga koʻra ushbu vaqt ichida tumanda Isuzu va MAN avtomobillari shassisida yonilgʻi tashuvchi avtomobillar, yoʻl tozalash va yuvish mashinalari, traktor pritseplari, yarim pritseplar hamda ogʻir oʻzi yurar kranlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.  

Sarmoyalarning uchdan bir qismi — 36,9 mln $, tumanda mavjud boʻlgan korxonalarni zamonaviylashtirishga, jumladan Toshkent Qishloq xoʻjalik texnikasi zavodini (sobiq TTZ) zamonaviylashtirishga yoʻnaltiriladi.

Toshkent traktor zavodini yangilash “Asaka” banki kerditi hisobida amalga oshiriladi. Loyihaning dastlabki qiymati 10,8 mln dollar miqdorida belgilangan. Loyihada korxona xususiy mablagʻi hamda bank mablagʻi teng sheriklikda ishtirok etmoqda.

Koʻrilayotgan ushbu choralar natijasida 2020 yilga kelib tuman eksporti umumiy qiymati 44 mln $ yetishi kutilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala