Jamiyat

Moskvada Oʻzbekiston meva-sabzavotlari uchun savdo uyi ochildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishMeva sabzavotlar rastasi
Meva sabzavotlar rastasi - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya Federatsiyasi hududida Oʻzbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni xaridorlarga toʻgʻridan-toʻri yetkizib berishni tashkil qilish maqsadida savdo uylari ochildi.

TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. "Oʻzagroeksport" AJ Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlari yetkizib beruvchi ulgurji-savdo kompaniyasi "Marka-Fud" bilan birgalikda Moskvada "Marka Fud Uzagro" — savdo uyi ochishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Ushbu savdo uyi Rossiya hududida Oʻzbekiston meva-sabzavot yetishtiruvchilari nomidan faoliyat yuritadi. Bu esa xaridorlarga sifatli meva-sabzavot mahsulotlarini vositachilarsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri rubl hisobiga sotib olish imkonini beradi.

"Marka Fud" Moskve va Moskva viloyatida yetakchi ulgurji savdo korxonalaridan biridir. Kompaniya Yangi Moskva hududidagi "Fud Siti" ulgurji oziq-ovqat savdo markazi hududida joylashgan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston yaqin ikki yil ichida dunyoning bir necha mamlakatlarida savdo uylari tashkil qilishni rejalashtirgan. Bugungi kunda "Oʻzagroeksport" AJ Rossiyada toʻrtta va Qozogʻistonda uchta savdo uyi tashkil qildi. Hindiston, BAA, Janubiy Koreya va YEI mamlakatlarida savdo uylari tashkil qilish jarayoni yakuniga yetay deb qolgan.

 "Oʻzagroeksport" ixtisoslashgan korxonasi tashqi bozorga meva sabzavot yetkizib beruvchi yagona korxona boʻlib, u ishlab chiqaruvchi va xaridor  orasida ortiqcha vositachilarning paydo boʻlmasligini taʼminlaydi. Bugungi kunda kompaniya chet elga uch million tonnadan ortiq mahsulot yetkizib berishga tayyor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala