Jamiyat

Oʻzbekistonlik olimlar gelioenergetik qurilma oʻylab topishdi

Oʻzbekistonning PREMER OFIS xususiy korxonasi xodimlari gelioenergetik qurilma ixtiro qilshdi va unga patent olishdi.

TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. PREMER OFIS xususiy korxonasi xodimlari quyosh nuridan elektr energiyasi oladigan moslamalarda ishlatiladigan, gelioenergetik qurilma oʻylab topishdi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Intellektual mulk agentligi.

Qurilmaning asosiy vazifasi — foydali ish koefitsenti yuqori boʻlgan, kichik hajmli gelioenergetik qurilma ishlab chiqish. Yangi qurilmadan olinayotgan tok allaqachon sinus koʻrinishida boʻlib, u toʻgʻridan-toʻgʻri fotoelementlardan olinadi.

Yangi qurilma, shuningdek quyosh elementlari bilan jihozlangan matritsa va quyoshni kuzatish moslamasiga ham ega. Ixtiro mualliflari Aleksandr Simonov va Aleksey Kamardinlar yangi qurilma uchun FAP 01150 —sonli patent olishdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala