Iqtisod

Rossiya BRHXS va SHHT mamlakatlari valyutalarida obligatsiyalar chiqaradi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Fotobankka oʻtishDmitriy Medvedev
Dmitriy Medvedev - Sputnik Oʻzbekiston
Dmitriy Medvedev Rossiya hukumatiga BRHXS va SHHT mamlakatlari milliy valyutalarida davlat obligatsiyalari chiqarish huquqini beruvchi qaror imzoladi.

TOSHKENT, 19 dek — Sputnik. Rossiya hukumati davlat obligatsiyalarini  BRHXS va SHHT mamlakatlari milliy valyutalarida chiqarishi mumkinligi haqida qaror imzoladi.

“Men obligatsiya va federal zaymlarni emissiya qilish va ularni sotuvga chiqarish tartibiga oʻzgarish kiritish haqida qaror imzoladim. Bu yerda ikki narsa muhim: birinchidan – biz federal obligatsiyalarni nafaqat Rossiya rublida, balkim  bizga yaqin (doʻstona munosabatda) boʻlgan, yaʼni BRHXS va SHHT mamlakatlari valyutalarida chiqarish huquqiga ega boʻldik”, — dedi Medvedev.

“Bizning korxonalarni moliyalashtirish uchun imkoniyat cheklangan sharoitda, qoʻshimcha moliyalashning bunday manbai borligi juda qoʻl keladi. Qoʻshimcha qarz olish va moliya manbaalaridan foydalanish imkoni borligi — strategik jihatdan oʻta muhimdir. Rossiya qonunchiligi va moliya institutlari ushbu faoliyatda – biz suyangan ustun boʻlishadi”, — deb qoʻshimcha qildi bosh vazir.

Eslatib oʻtamiz, shu vaqtga qadar Rossiya  xalqaro valyuta bozorida qarz olganda yoki davlat obligatsiyalarini joylashtirganda asosan Yevropa valyuta bozoridan foydalanar edi. 2014 yilda Qrimning Rossiyaga qoʻshilishini tan olmagan Yevropa mamlkatlari, Rossiyaga qarshi turli sanktsiyalar kiritishdi, jumladan xalqaro valyuta bozorlarida Rossiyaga qarz berish imkoniyatini qatʼiyan cheklab qoʻyishgan edi.

Arzon foizli valyuta kreditlari hajmi cheklanishi va neftning narxi tushib ketishi oqibatida — Rossiyada qisqa vaqt ichida dollar va yevro kursi salkam 2 baravar oshib ketgan edi.  

Shundan keyin,  xalqaro savdo-sotiqda Rossiya, dollar yakkahokimligidan imkon qadar mustaqil boʻlish siyosatini olib bormoqda. BRHXS va SHHT mamalakatlari bu borada Rossiya bilan hamfikr.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala