Talabalarga temiryo‘l chiptalari chegirma bilan sotiladi

Obuna bo‘lish
OTM kollej va litseylar talabalari yangi yil ta’tili vaqtida temiryo‘l chiptalarini yarim bahoda sotib olish imkoniga ega bo‘ldilar.

TOShKENT, 19 dek — Sputnik. Yangi yil ta’tili vaqtida, ya’ni 28-dekabrdan 10-yanvarga qadar OTM, kollej va litsey talabalari temiryo‘l chiptalarini yarim bahoda chegirma bilan sotib olishlari mumkin.

"O‘zbekiston temir yullari" barcha ichki yo‘nalishlarga temiryo‘l chiptalarining yangi yil tariflarini kiritdi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz sahifasi.

Chegirmali chipta sotib olish uchun, pasport va talabalik yoki o‘quvchi guvohnomasini ko‘rsatish kerak.

Ushbu chegirmalar "Afrosiyob" tezurar poyezdi chiptalariga amal qilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0