FRT hisobotidan keyin dollar qiymati o‘smoqda

Obuna bo‘lish
AQShning Federal Rezerv tizimi direktori Djanet Yellen mamlakat iqtisodidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida qilgan hisobotidan keyin dunyoning asosiy olti valyutasiga nisbatan dollar qiymati o‘smoqda.

TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Valyuta birjalaridagi savdo natijalariga ko‘ra,  dunyoning asosiy olti valyutasiga nisbatan AQSh dollari qiymati o‘smoqda, RIA Novosti xabariga asosan.  

Moskva vaqti bilan soat 09.38 holatiga, AQShning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan olti mamlakat valyutalariga nisbatan, dollar qiymati 0,20% ga yoki 103,33 punktga o‘sdi.  

Dunyoning asosiy olti valyutasi – bular Yevropa Ittifoqi yevrosi, Yaponiya iyenasi, Britaniya funt sterlingi, Shveysariya franki, Kanada dollari va Avstraliya dollari hisoblanadi.

Dmitriy Medvedev - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya BRHXS va ShHT mamlakatlari valyutalarida obligatsiyalar chiqaradi

Federal Rezerv tizimi direktori Djanet Yellen dushanba kuni AQSh iqtisodidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida hisobot qilgan edi. Unga ko‘ra, amerika bozorida mamlakatda ishsizlik darajasi 4,6% ni tashkil qilganini va yangi ishchi o‘rinlari paydo bo‘layotganini, shuningdek, oxirgi ikki yil davomida maoshlar darajasi ham o‘sayotganini ham xabar qilgan edi.

FRT rahbarining bunday bayonoti, baza stavkasini  ko‘tarish ehtimolini oshiradi. O‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan majlisda FRT rahbari 2017-yilda FRT rezerv stavka darajasini bugungi 0,625%dan 2017-yil davomida uch bosqichda ko‘tarlib 1,375%ga yetkizishi mumkinligini xabar qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, rezerv stavkasi darajasi oshirilishi tijorat banklari va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan berilayotgan kreditlar foizining oshirilishini, ya’ni valyuta narxining oshishini bildiradi.

Yangiliklar lentasi
0