TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov 22 dekabr kuni Toshkentga keladi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston TIV matbuot xizmati.
“Yigirma ikkinchi dekabr kuni Toshkentga ishchi tashkriq bilan Qozogʻiston Tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov tashrif buyuradi”, — deyilgan xabarda.
Matbuot xizmati xabariga koʻra, tashrif davomida Idrisov Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi, shuningdek Tashqi ishlar vazirligida ham ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi.