2017 yil bashorati: Tovuq yili nimalarni va’da qilmoqda?

© PixabayYangi yil o‘yinchoqlari
Yangi yil o‘yinchoqlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nihoyasiga yetayotgan Maymun yili o‘z o‘rnini Olovrang tovuq yiliga bo‘shatmoqda. Xitoy taqvimi bo‘yicha Tovuq eng nozik didli, so‘zamol, sinchkov, sezgir, injiq, talabchan, hushor, mas’uliyatli belgi hisoblanadi

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. 2017-yil Tovuq yili nimalarni va’da qiladi? Yil omadli kelishi uchun Yangi yil bayramini qanday libosda kutish kerak? Shu va boshqa qiziqarli ma’lumotlar Sputnik O‘zbekiston xabarida.

Yil qanday keladi?

Olovrang tovuq — intiluvchan va yetakchi. Kamtarlik va o‘ziga ishonchsizlik kabi hislatlar unga yot, u bularni qabul qilmaydi. Ammo kuchli va jasur insonlarga bu yil omad yor bo‘lishi turgan gap. Tovuq — ajoyib ro‘zg‘or bekasi. Agar oilada tovuq yilida tug‘ilganlar bo‘lsa, demak bu yil o‘sha oilada to‘kin-sochinlik bo‘ladi.

Internet olamida keltirilgan munajjimlar bashoratida keltirilishicha, bu yil rejalari va orzulari ezgulik hamda yaxshilikka ishonchga asoslangan haqiqatparvar va adolatli insonlarga omad kulib boqadi.

Yangi yil dasturxonida qanday taomlar bo‘lishi lozim?

Munajjimlar bashorat qilishiga ko‘ra, yangi yil dasturxonida parranda go‘shti, jumladan tovuq go‘shtidan tayyorlangan taomlar bo‘lmagani ma’qul. Mazali taomlarni tayyorlashda qo‘y yoki mol go‘shtidan foydalangan yaxshi, deydi ular. Shuningdek, bezak sifatida tuxumlardan ham foydalanish tavsiya etilmaydi.

Yangi yilda qanday libos tanlash kerak?

Olovrang tovuq — yorqin va g‘ururli qush bo‘lgani uchun bayramga ham shunga monand libos tanlagan ma’qul. Bu — qizil, to‘q sariq, jigarrang qizil, sariq yoxud malla rangdagi liboslar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, qora rangdagi liboslarni ham. Libos tanlayotganda sovuq ranglardan qochib, yorqin hissiyotlar va ishq, gurillab yonayotgan gulxanni eslatuvchi yorqin va iliq ranglarni tanlash kerak bo‘ladi.

© Sputnik / StringerLiboslar namoyishi
Pokaz modeley odejdi - Sputnik O‘zbekiston
Liboslar namoyishi

Pul, pul, pul

Dunyodagi noqobil iqtisodiy vaziyat tufayli insonlarning moliyaviy holati yil boshida bir oz murakkabroq bo‘lishi mumkin, deydi bashoratlar. Ta’kidlanishicha, o‘z iqtisodiy holatini yaxshilashni istaydiganlar Yangi yil kuni boyib ketishni emas, balki ish va biznes sohasida omad kulib boqishini niyat qilishlari kerak. Taqdir sizga nisbatan shafqat ko‘rsatishini kutmang, harakat qiling!

Sog‘liq

Tovuq dangasalikni yoqtirmaydigan jonivor bo‘lgani uchun, erta turish, jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish, davolovchi vrachlar bilan uchrashish, ko‘proq tabiat qo‘ynida sayr qilish va immunitetni kuchaytirib borishga jiddiy e’tibor qarating. Sog‘liqdagi mayda muammolarni o‘z holiga tashlab qo‘yish surunkali kasalliklar yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin.

Muhabbat va oila

Bu yilda ishqiy munosabatlar bir maromda kechmaydi. Munajjimlar bashoratiga ko‘ra, janjal va mojarolarning oldini olishda o‘zgalarni tinglay bilish, yon bosish kabi hislatlar yordam berishi mumkin.

Munajjimlar bashoratiga ko‘ra, tovuq uyatchanlikni yoqtirmaydi, shu bois, agar kimnidir ancha vaqtdan buyon yoqtirib yurgan bo‘lsangiz, tashabbuskorlikni qo‘lga oling. 2017-yilda yuragiga quloq solib ish tutadiganlarga omad yor bo‘ladi, lekin bu degani kallaga kelgan fikrni amalga oshirish kerak, deganimas. Har qanday o‘ylanmay qilingan ish ortida ko‘ngilsizliklar ketma-ketligi turishi mumkinligi yodingizdan chiqmasin.

Internet ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

Yangiliklar lentasi
0