Jamiyat

Anqaradagi suiqasd uchun javobgarlikni Suriyadagi terrorchi guruh oʻz boʻyniga oldi

© SputnikQurollangan jangariar
Qurollangan jangariar - Sputnik Oʻzbekiston
Suriya hududida joylashgan “Jaysh al-Fath” terrorchi guruhlar uyushmasi Anqarada Rossiya elchisi Andrey Karlovnining qotilligi uchun javobgarlikni oʻz boʻyniga oldi.

TOSHKENT, 21 dek – Sputnik. Yaqinda Turkiya poytaxtida amalga oshirilgan mudhish qotillik uchun javobgarlikni, Suriya hududida harakat qilayotgan “Jaysh al-Fatx” nomli terrorchi guruhlar uyushmasi  oʻz boʻyniga oldi. 

Eslatib oʻtamiz, 19 dekabr kuni Anqaradagi Zamonaviy sanʼat markazida Rossiya elchisi Andrey Karlovga suiqasd uyushtirilgan edi. Havfsizlik xizmati xodimi koʻrgazma ochilish marosimida soʻzlayotgan Rossiya elchisiga toʻpponchadan bir necha marta oʻq uzadi. Elchi Andrey Karlov ogʻir yaralanib, koʻrsatilgan tezkor yordamga qaramasdan, kasalxona yoʻlida vafot etadi.

Andrey Karlov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Anqarada Rossiya elchisi oʻldirildi

Turkiya politsiyasi tez orada  politsiya xodimi boʻlgan 22 yoshli Mevlyut Mertni topadi. Qoʻlga olish vaqtida u yoʻq qilinadi. Mevlyut Mert yashagan xonadan islom ekstremistik mazmunli adabiyotlar topiladi.

Ushbu mudhish qotillik uchun javobgarlikni Suriya harakat qilayotgan «Jaysh al-Fath» — terrorchi guruhlar uyushmasi oʻz boʻyniga olgan. Vikipediya xabariga koʻra, «Jaysh al-Fath» — (“istilo armiyasi”) uyushmasi aksariya “Jabhat an-Nusra” jangarilardan iborat. Guruh Saudiya Arabistoni va Qatarda joylashgan kuchlar tomonidan moliyalashtirilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader