Gaz balloni portlashi oqibatida olti kishi jarohatlandi

© Sputnik / Yakov Glinskiy / Mediabankka o‘tishGaz ballonlari
Gaz ballonlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘sh shahrida gaz balloni portlashi tufayli jarohatlangan er-xotin, ularning uch nafar qizlari hamda oilaning keksa qarindoshi zudlik bilan shifoxonaga olib kelingan

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Qirg‘izistonning O‘sh shahrida seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi gaz ballonining portlashi natijasida olti kishidan iborat oila kasalxonaga yotqizildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Xabarda aytilishicha, hodisa natijasida er-xotin, ularning uch nafar qizlari hamda oilaning keksa qarindoshi jarohatlangan va ular zudlik bilan shifoxonaga olib kelingan.

Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra, 34 yashar oila boshlig‘i tanasining 20 foizi kuygan; 28 yashar ayol — 50-52%, 10 yashar qizaloqlar — 4-8%; yetti yashar qizaloqning bitta qulog‘i to‘liq hamda qo‘l terisining 2-3%i; 62 yashar qarindoshlarining esa — tanasining 6-8 foizi kuygan.

Gaz ballonining portlashiga nima sabab bo‘lgani ayni vaqtda noma’lum.

Yangiliklar lentasi
0