Hasanboy Do‘smatovga "Yilning eng yaxshi bokschisi" sovrini topshirildi

© REUTERS/ Peter CziborraO‘zbek bokschisi Hasanboy Do‘smatov
O‘zbek bokschisi Hasanboy Do‘smatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining oltin medal sohibi Hasanboy Do‘smatov Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi (AIBA) tomonidan "Yilning eng yaxshi bokschisi" sovrini bilan taqdirlandi

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Ilgariroq Havaskor boks xalqaro assotsiatsiyasi (AIBA) Twitter ijtimoiy tarmog‘i sahifasida o‘tkazgan ovoz berishda Hasanboy Do‘smatov "Yilning eng yaxshi bokschisi" unvoniga sazovor bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Ya’ni Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi bokschisini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomada o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘smatov eng ko‘p ovoz to‘plab, kubalik Robeysi Ramires va qozog‘istonlik Doniyor Yeleusinovni katta farq bilan ortda qoldirdi.

O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov - Sputnik O‘zbekiston
Hasanboy Do‘smatov Rio olimpiadasining eng yaxshi bokschisi deya e’tirof etildi
"Jahon" axborot agentligi xabariga ko‘ra, Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasi Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishi va AIBAning 70-yilligi munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda Hasanboy Do‘smatovga 2016-yil yakunlariga ko‘ra, "Yilning eng yaxshi bokschisi" sovrini topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilgi sport mavsumida O‘zbekiston bokschilari Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ular 3ta oltin, 2 kumush, 2 bronza medalni qo‘lga kiritdilar.

Vazni 49 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda Hasanboy Do‘smatov O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga dastlabki oltin medalni keltirgan edi. U o‘zbek bokschilari orasida birinchi bo‘lib, Olimpiadaning eng yaxshi bokschisi sifatida Vel Barker kubogi bilan taqdirlandi.

Yangiliklar lentasi
0