Markaziy Osiyodagi eng bahaybat oyna zavodi Jizzaxda quriladi

© SinxuaJizzaxda yirik oyna zavodi qurilishi boshlandi
Jizzaxda yirik oyna zavodi qurilishi boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
16 dekabr kuni O‘zbekistonning "Jizzax" erkin iqtisodiy hududida shishaga chuqur ishlov berish va yirik o‘lchamdagi shisha mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan yangi zavodga rasmiy poydevor qo‘yish tadbiri bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi eng yirik oyna ishlab chiqarish zavodi barpo etiladi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

Xabarda ta’kidlanishicha, 16-dekabr kuni "Jizzax" erkin iqtisodiy hududida shishaga chuqur ishlov berish va yirik o‘lchamdagi shisha mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodga rasmiy poydevor qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tgan.

Zavod Xitoyning "Minyuan silu" savdo-sanoat kompaniyasi tomonidan quriladi.

Nashrda berilgan ma’lumotlarga muvofiq, loyihaning umumiy qiymati 110 mln AQSh dollari atrofida. Rejaga muvofiq, uning birinchi navbati 2017-yil may oyida foydalanishga topshiriladi. Uning to‘liq ishga tushirilishi esa 2019-yilning sentabriga belgilangan.

Shu vaqtdan boshlab "Minyuan silu" Markaziy Osiyo mintaqasida shisha mahsulotlari, katta o‘lchamli oyna ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi eng yirik kompaniyaga aylanadi.

Yangiliklar lentasi
0