"O‘zbekiston havo yo‘llari" talabalarga yangi yil chegirmalari e’lon qildi

Obuna bo‘lish
"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi talabalar uchun ichki reyslarga chegirmalar e’lon qildi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekistondagi oliygohlar talabalari va kollej hamda litsey o‘quvchilari ekonom klassdagi respublika ichidagi reyslarga chiptalarni 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Chegirmalar joriy yilning 28-dekabridan 2017-yilning 10-yanvarigacha amal qiladi.

Talabalarga temiryo‘l chiptalari chegirma bilan sotiladi

Mazkur chegirmalar prezidentning "O‘quvchilar va talabalarning har yilgi qishki ta’tillari to‘g‘risida"gi farmoniga asosan har yili beriladi. Ilgariroq "O‘zbekiston temir yo‘llari" yangi yil tariflari haqida e’lon qilgandi.

Kompaniya 28-dekabrdan 10-yanvargacha talaba va o‘quvchilar temir yo‘l chiptalarini yarim bahosiga xarid qilishlari mumkinligini xabar qilgan.

Yangiliklar lentasi
0