Atambayev 24-dekabrda O‘zbekistonga keladi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovAlmazbek Atambayev
Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston prezidenti ikki tomonlama munosabatlar doirasida ilk marta O‘zbekistonga tashrif buyuradi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 24-dekabr kuni O‘zbekistonga ishchi tashrifini amalga oshiradi, deb xabar berdi Sputnik Qirg‘iziston prezident devoni rahbari o‘rinbosari, tashqi siyosat bo‘limi mudiri Sapar Isakovga asoslanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Atambayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan tor va keng doiradagi muzokaralar o‘tkazish uchun Samarqandga tashrif buyuradi.

"Menga ma’lum bo‘lishicha, bu O‘zbekiston prezidentining xorijiy mamlakat rahbari bilan ilk rasmiy uchrashuvi bo‘ladi. Tashrif davomida kun tartibidagi barcha masalalar muhokama qilinadi. Bundan tashqari, ma’lum bir protokollar ham bor, ular haqida keyinroq bilasiz", — dedi Isakov.

Uning aytishicha, Atambayev O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltiradi.

Isakov 8-yil davomida Qirg‘iziston prezidenti ikki tomonlama munosabatlar doirasida ilk marta O‘zbekistonga tashrif buyurayotganini qo‘shib qo‘ydi. 

Yangiliklar lentasi
0