"Super Juk": bombochkalarni Oʻzbekistonga olib oʻtishga uringan shaxs qoʻlga olindi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining "Keles" temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari "Moskva-Toshkent" yoʻlovchi poyezdida Oʻzbekistonga kirib kelgan fuqaroning qoʻl yuklarini bojxona koʻrigidan oʻtkazishganda, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda aytilmagan 72 dona "Super Juk" nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Tez yonuvchi moddalardan tayyorlanadigan va yongʻin xavfsizligi nuqtai nazaridan xavfli hisoblanadigan pirotexnika vositalaridan notoʻgʻri foydalanish bevosita odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat tartibi va fuqarolarning mol-mulkiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin, deb xabar beradi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmatiga tayangan holda "Darakchi" nashri.

Huquqni muhofaza qilish organlari operatsiyasi. - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
IIV bayram oldidan xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda
Xabarda aytilishicha, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining "Keles" temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari "Moskva-Toshkent" yoʻlovchi poyezdida Oʻzbekistonga kirib kelgan fuqaro F.Axmedovning (maqoladagi barcha ism-shariflar oʻzgartirilgan) qoʻl yuklarini bojxona koʻrigidan oʻtkazishganda, yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilmagan va ogʻzaki soʻrovda aytilmagan 72 dona "Super Juk" nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi. Mazkur pirotexnika vositalari shokolad qutisida yashirincha olib kelinayotgan ekan.

Shuningdek, boshqarmaning tezkor guruhi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda Toshkentning Olmazor tumanida pirotexnika vositalarni sotish va tarqatish bilan shugʻullanayotgan fuqarolar A.Sodiqov va A.Saidovlardan jami 19200 dona "PETARDS-S rojdestvom 10x60" nomli pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1851-moddasiga koʻra pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

© Sputnik / Vitaliy AnkovPirotexnika vositalari
Korobki s feyerverkami - Sputnik Oʻzbekiston
Pirotexnika vositalari

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2501-moddasiga muvofiq pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, joʻnatish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish (Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki oʻtkazish ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, — eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala