O‘ho‘! 2 kunda ishdan olingan 4 hokim va o‘zbekistonliklarni hayratga solgan boshqa xabarlar

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu galgi yangiliklar to‘plamidan yashirin kolbasa sexining fosh qilinishi, yuzlab eshaklar so‘yilgan makonning aniqlanishi va boshqa muhim xabarlar o‘rin oldi

TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Mana, bir hafta ham ko‘z ochib yumguncha o‘tib ketdi. Ushbu vaqt mobaynida o‘zbekistonliklarni hayratga va dahshatga solgan xabarlar ko‘p bo‘ldi. Avvaliga hukumatda yuz bergan kadrlar almashuvidan og‘iz ochilgan bo‘lsa, sal o‘tmay Samarqandda yuz bergan dahshatli hodisa — yuzlab eshaklarning so‘yilishi xalqni larzaga soldi…

Demak, ushbu haftada ro‘y bergan eng muhim xabarlar ketma-ketligini e’tiboringizga havola qilamiz.

1. O‘zbekistonda yoppasiga kadrlar almashuvi

O‘tgan haftada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga Abdulla Aripov nomzodi tasdiqlandi, Rustam Azimov esa Moliya vaziri lavozimidan ketdi. Samarqand hokimi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi.

Bundan tashqari, Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hokimlari virtual qabulxonaga kelayotgan murojaatlar bilan yaxshi ishlamayotganliklari sababli ishdan olindi.

Umid qilamizki, ushbu o‘zgarishlardan so‘ng, mansabdorlar O‘zbekiston prezidentining eng birinchi talabini bajaradilar, ya’ni "xalqqa yaqinroq bo‘lib, xalq dardiga quloq tutadilar"…

© FacebookO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

2. Samarqandda yuzlab eshaklarning so‘yilishi

Samarqand shahri Xishrav qo‘rg‘onidan topilgan yuzlab eshaklar suyaklari va jasadlari haftaning eng shov-shuvli xabariga aylandi. Mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ushbu hodisaga nisbatan zudlik bilan chora ko‘rdilar — "eshaklar go‘ristoni" yo‘q qilindi va hududda dezinfeksiya ishlari olib borildi.

© Foto : Toshpulat Raxmatullayev Ustranenie oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande
Ustranenie oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Ustranenie oslinogo mogilnika u vodoyema v Samarkande

Jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullayev ayni vaqtda eshaklar nima maqsadda so‘yilgani va ularning go‘shti qayerda ishlatilgani yuzasidan jurnalistik-surishtiruvini olib bormoqda. Voqea rivoji, albatta, Sputnik O‘zbekiston nashrida yoritiladi.

Darhaqiqat, ushbu haftada Urganchda faoliyat yuritayotgan yashirin kolbasa sexi fosh qilindi. "O‘zstandart" agentligining viloyat sinov va sertifikatlashtirish markazi xulosasiga ko‘ra, sexdagi go‘sht mahsulotlari iste’molchilar hayoti va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shu bois, iste’molchilardan xushor bo‘lishlarini, go‘sht va kolbasa mahsulotlarini xarid qilayotganda maxsus sertifikatni ko‘rsatishni talab qilishlarini maslahat beramiz.

3. Yog‘ narxi arzonlashdi

Aytish joizki, bu o‘zgarish haqida faqat Samarqand viloyati hokimligi xabar qildi. Hokimlik xabariga ko‘ra, aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘ladigan mahalliy o‘simlik yog‘i, un va shakar mahsulotlarining erkin sotilishining oldini olish uchun zarur choralar ko‘rilgan va  1 kg un — 1050 so‘m, 1 kg yog‘ — 5400 so‘m, 1 kg shakar — 4800 so‘m narx belgilangan. Ajoyib xushxabar!

© Sputnik / Aleksandr Pogotov / Mediabankka o‘tishYog‘
Proizvodstvo podsolnechnogo masla - Sputnik O‘zbekiston
Yog‘

4. Rossiyaning Turkiyadagi elchisi o‘ldirilishi

Joriy yilning 19-dekabr kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida mudhish qotillik amalga oshirildi — ommaviy tadbir chog‘ida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov terrorchi tomonidan otib o‘ldirildi.

Diplomatga uyushtirilgan su’iqasd butun dunyo rahbarlari tomonidan qattiq qoralandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu munosabat bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga samimiy hamdardlik bildirdi va O‘zbekiston shunday kunda Rossiya xalqi bilan birdamligini aytdi.

5. Rustam Azimovning Tojikistonga safari — maqsad nima?

2016-yilning 26-dekabr kuni O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Rustam Azimov Dushanbega safar qiladi. Azimov Tojikistonga nima maqsadda borayotgani ko‘pchilikni qiziqtirmoqda, albatta. Ikki mamlakat o‘rtasida temir yo‘l va avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladimi? Viza masalasi-chi, u nima bo‘ladi?

© Sputnik / Aleksey DanichevO‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Rustam Azimov
Ministr finansov Respubliki Uzbekistan Rustam Azimov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Rustam Azimov
Rustam Azimov nega Tojikistonga borayotganiga siz ham qiziqayotgan bo‘lsangiz, unda ushbu xabarni o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0