Boris Babayev: Galina Melnikova – televideniyening butun bir davri

© Sputnik / StringerJurnalist Boris Babayev
Jurnalist Boris Babayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik jurnalist, Kultura.uz sayti rahbari Boris Babayev Sputnik muxbiri bilan suhbatda Galina Melnikovani yubileyi hamda unvoni bilan muborakbod etdi va u bilan ishlagan davri haqida o‘rtoqlashdi

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Bugun O‘zbekistonning eng mashhur teleboshlovchi va suxandonlaridan biri Galina Melnikova o‘zining 80 yoshlik yubileyini nishonlamoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev unga "O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti" faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

O‘zbekistonlik telejurnalist, Kultura.uz sayti asoschisi va rahbari Boris Babayev Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda Galina Melnikovani mazkur qo‘shaloq ayyom bilan qutladi.

Boris Rahimovichning aytishicha, u Melnikova bilan "Axborot" informatsion dasturida 20-yilga yaqin birga ishlagan. Bu davr mobaynida Galina Melnikova o‘z ishining haqiqiy ustasi, har qanday vaziyatda ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydigan jurnalist ekanligini ko‘rsatgan.

"Suxandonlik faoliyati bilan birga Melnikova turli ko‘rsatuvlar boshlovchisi sifatida ham nom qozongan. U — televideniyening butun bir davri, uni butun mamlakat taniydi, sevadi va hurmat qiladi. Shuningdek, Galina Vitalyevna televideniyemiz uchun rus va o‘zbek tillarida faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘plab shogirdlarni yetishtirgan. Melnikova maktabini hurmat qilishadi va u o‘ziga xos brend", — dedi suhbatdosh.

Babayevning fikricha, O‘zbekiston televideniyesining omadi kelgan, zero u shifokor bo‘lishni istagan. Lekin oxir-oqibat nafaqat telejurnalistga, balki butun o‘zbek televideniyesining yuziga aylandi. Melnikova ekrandagi ishini shifokorlarga xos aniqlik, tartib va mas’uliyat bilan bajardi.

Galina Melnikova - Sputnik O‘zbekiston
Galina Melnikova Xalq artisti unvoni bilan taqdirlandi

"U bevosita efir ustasi, televideniyedagi uzoq yillik faoliyati davomida taniqli shaxslar – respublika rahbarlari, kosmonavtlar, artistlardan ham, oddiy insonlar – sut sog‘uvchilar, haydovchilar, ishchilardan ham intervyu olgan. Galina Vitalyevna faxriy dam olishda bo‘lsa ham, bir zum bekor o‘tirmaydi. Yoshlar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazadi, davra suhbatlari, seminarlar, anjumanlarda ishtirok etadi, master-klass va treninglar olib boradi. U faol hayot kechiradi va hamisha ish bilan mashg‘ul", — deydi Babayev.

Babayev kasb sirlarini o‘rgatgani uchun Melnikovadan minnatdorligini bildirdi. Uning atrofidagilar Galina Melnikovani nafaqat tajribasi, balki shaxsiy xususiyatlari uchun ham hurmat qilishadi. Mashhurligiga qaramasdan, u hamisha qat’iy, bosiq va aslo manmanlikka berilmagan.

"Toshkent — televidenie vatani" filmini suratga olayotganimda Melnikova ushbu film uchun intervyu bergandi. O‘shanda u bevosita efir – xuddi jangdagi kabi, deya qiziq fikr aytgandi. Seni nima kutayotganini bilmaysan va shuning uchun voqealarning har qanday rivojiga tayyor turish lozim. Shu nuqtayi nazardan Galina Vitalyevnani doimo hujumga shay haqiqiy jangchi deb atash mumkin", — deydi jurnalist.

Babayev Melnikovani yubileyi va unga berilgan "Xalq  artisti" unvoni bilan qizg‘in tabrikladi va uzoq-umr, farovonlik tiladi. Uning aytishicha, bu munosib insonga berilgan munosib mukofotdir.

Yangiliklar lentasi
0