Sport

"Lokomotiv" aʼzolariga medallar va mashina kalitlari topshirildi

© Twitter"Lokomotiv" jamoasini taqdirlash marosimi
Lokomotiv jamoasini taqdirlash marosimi - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Bu yilgi mavsumda "Lokomotiv" jamoasi chempion va kubok sohibi boʻldi

TOSHKENT, 23 dek – Sputnik. Toshkentdagi "Oʻzbekiston" mehmonxonasi kichik tantanalar zalida 2016 yilgi mavsumda Oʻzbekiston chempioni va kubogi sohibi boʻlgan "Lokomotiv" jamoasi futbolchilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bayram tadbirida "Lokomotiv" jamoasi futbolchilari va klub xodimlari, ularning yaqinlari, jamoa homiylari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

"Oʻzbekiston Temir yoʻllari" AJ boshqaruv raisi birinchi oʻrinbosari Davron Dehqonov va Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi vitse-prezidenti Sardor Rahmatullayev Oʻzbekistonning yangi chempioniga oltin medallarni topshirishdi.

© Twitter"Lokomotiv" futbolchilarini taqdirlash marosimi
Futbolnыy klub Lokomotiv poluchil medali chempiona stranы i kubok - Sputnik Oʻzbekiston
"Lokomotiv" futbolchilarini taqdirlash marosimi

Klub bosh homiysi sanaladigan "Oʻzbekiston Temir yoʻllari" AJ tomonidan shuningdek, "Lokomotiv"ning chempionlikka erishishiga katta hissa qoʻshgan barcha futbolchi va murabbiylariga soʻnggi rusumdagi Chevrolet Gentra avtomobillari kaliti ham topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0