Samolyot olib qochganlar siyosiy boshpana so‘rashmoqda

© REUTERS / /Darrin Zamit-LupiAfriqiyah Airways samolyoti
Afriqiyah Airways samolyoti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi ma’lumotlarga asosan, 109 nafar yo‘lovchi samolyotni tark etgan

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Liviyaning Afriqiyah Airways aviakompaniyasiga qarashli samolyot ikki nafar shaxs tomonidan garovga olingani haqida xabar bergandik.

RIA Novostining Liviyadagi vazirlardan biriga tayanib xabar berishicha, samolyotni olib qochganlar Malta hukumatidan siyosiy boshpana so‘rashmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga asosan, 109 nafar yo‘lovchi samolyotni tark etgan. Samolyotda jami 118 kishi – 111 yo‘lovchi va yetti nafar ekipaj a’zosi bo‘lganligi aytilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, samolyotni olib qochganlar Liviyaning sobiq yetakchisi Muamar Kaddafiyning o‘g‘li Sayf al-Islomning turmadan ozod qilinishini talab qilishgan.

Yangiliklar lentasi
0