Bugun butun dunyo musulmonlari Muhammad payg‘ambarning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMadina shahri
Madina shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Musulmonlar an’anasiga ko‘ra, ushbu sana Oy taqvimining uchinchi oyi Robi al-avvalning 12-kunida nishonlanadi. U islom dinida eng ulug‘lanadigan oylardan biri hisoblanadi

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Butun dunyo musulmonlari bugun, 23-dekabr kuni Mavlidun-Nabiy, ya’ni Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning tug‘ilgan kunini nishonlamoqda, deb xabar qilgan Islam Today nashri.

Musulmonlar an’anasiga ko‘ra, ushbu sana Oy taqvimining uchinchi oyi Robi al-avvalning 12-kunida nishonlanadi. U islom dinida eng ulug‘lanadigan oylardan biri hisoblanadi.

Ta’kidlanishicha, Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning tug‘ilgan kuni Robi al-avval oyining birinchi kunidanoq nishonlana boshlaydi. Bu oyda uyga mehmon chaqirish, qarindoshlarga sovg‘alar ulashish, shuningdek, xayriya bilan shug‘ullanish va ehtiyojmand kishilarga yordam berish odat bo‘lib hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0