O‘zbekiston prezidenti virtual qabulxonasi paydo bo‘ldi

© Sputnik / StringerShavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi
Shavkat Mirziyoyevning virtual qabulxonasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Virtual qabulxona ayni vaqtda test rejimida ishlamoqda

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Sizda hal etilmagan masalalar, muammolar, ariza, shikoyat yoki takliflar bormi? U holda murojaatingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 3 xil usulda: qo‘ng‘iroq qilish, murojaat yuborish yoki O‘zLiDep hududiy partiya tashkilotlariga tashrif buyurish orqali yuborishingiz mumkin.

O‘zbeknavo estrada birlashmasi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbeknavo" virtual qabulxonani ishga tushirdi
Bosh vazir virtual qabulxonasi PM.gov.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga aylantirildi.

"PM.gov.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga aylantirildi ("PM" — "Prezidentga murojaat"). Hozirgi vaqtda ushbu portalning 3 oylik ishlash tajribasidan kelib chiqib murojaatlarni ko‘rib chiqishni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli Prezident qarorlari loyihalari tayyorlanmoqda", — deyilgan xabar matnida.

Portalda yozilishicha virtual qabulxona ayni vaqtda test rejimida ishlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0