Siyosat

Putin jurnalistga: "Sizni qaysi mamlakatdagi prezidentlik saylovi qiziqtirmoqda?"

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Putin kelgusi yilda Rossiyada muddatdan oldingi prezident saylovi boʻlib oʻtishi mumkin, lekin maqsadga muvofiq emas, deb taʼkidladi

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. The Wall Street Journal jurnalisti Vladimir Putinga kelgusi yilda muddatdan oldingi prezident saylovlari oʻtkaziladimi, deya savol berdi.

Rossiya prezidenti muxbirning savoliga savol bilan javob qaytardi.

"Qaysi mamlakatda?", — dedi Putin.

Zalda kulgi koʻtarildi.

AQSH bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQShdan Putinga javob: Amerika armiyasi "insoniyat tarixidagi eng yaxshi armiya"
Putin shundan soʻng Rossiyada kelgusi yilda muddatdan oldingi prezident saylovi boʻlib oʻtishi mumkin, lekin bu maqsadga muvofiq emas, deb taʼkidladi.

Putin shu yerda Rossiya har qanday tajovuzkordan kuchliroq ekanligini yana bir bor eslatib oʻtdi.

"Rossiya yangi suvosti kemalarini va samolyotlarni qurmoqda", dedi Putin.

"Ha, toʻgʻri, AQShning qurol-aslahasi koʻproq boʻlishi mumkin, Rossiya bu borada garov bogʻlamaydi. Lekin shunday boʻlsa-da, Rossiya har qanday tajovuzkordan kuchliroq", — deya qayd etdi Rossiya yetakchisi.

Shundan soʻng, AQSH Davlat Departemanti nega oʻz armiyasi bilan maqtanishga tushganini tushunmayotganini aytdi.

"Rossiya kim kuchli mavzusida hech kim bilan surishmagan edi", — deb aytdi Putin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala