Rossiya

Putin anjuman yakunlanishi arafasida jurnalistlarga tanbeh berdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishRossiya prezidenti Vladimir Putin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya prezidenti oʻzining katta-anjumani oxirlarida jurnalistlarni odamlarning shaxsiy hayotiga suqilmaslikka, amaldorlarni esa kamtarroq boʻlishga chaqirdi

TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Putin mansabdorlarni kamtarroq boʻlishga daʼvat qilar ekan, "qanday davlatda yashayotganlikni tushunish, anglash kerak", — deya taʼkidladi.

Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Putin qay holatda yana prezident boʻlishi mumkinligini aytdi
Anjuman davomida Putinga muhabbat toʻgʻrisida savol berishga urinishdi. "Agar biz siz bilan bu yerda uzoq oʻtirib qolsak, muhabbat bir zumda nafratga aylanishi mumkin", — deya hazil qildi prezident muxbirga.

Vladimir Putin shuningdek, jurnalistlarni odamlarning shaxsiy hayotiga suqilmaslikka chaqirdi. Rossiya rahbari unga bu borada koʻplab shikoyatlar kelib tushayotganini aytdi. "OAV bizlarga bosim oʻtkazmoqda" deyiladi aksariyat arznomalarda, shu bois sizlarni ehtiyotkorroq boʻlishga chaqiraman", — dedi u.

Rossiya va Xitoy munosabatlari haqidagi savolga javob berar ekan, Putin ularni "oʻta yuqori" deb baholadi. "Xalqaro sahnada koʻplab masalalar yuzasidan qarashlarimiz umumiydir", deb taʼkidladi Rossiya prezidenti.

Putindan shuningdek, shu yil mobaynida yoʻl qoʻygan xatosi haqida ham soʻrashdi. Rossiya prezidenti bu savolga: "Yoʻl qoʻygan xatodan tegishli xulosa chiqarib, kelajakda samarali ishlash muhim" deya javob qaytardi.

Rossiya prezidenti oxirgi savoldan soʻng "Boʻldi! Matbuot-anjumani tugadi", — deya yakunladi va zalni tark etdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala