Siyosat

Atambayev bugun Oʻzbekiston prezidenti Mirziyoyev bilan uchrashadi

© Fotoxost-agentstvo / Fotobankka oʻtishQirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev
Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi va Oʻzbekistonning yangi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazadi

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev shanba kuni Oʻzbekistonga uyushtiradigan ishchi tashrifi davomida Islom Karimovning qabrini ziyorat qilib, mamlakatning yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazadi.

"Almazbek Atambayev 24 dekabr kuni Oʻzbekistonga uyushtiradigan ishchi tashrifi doirasida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Uchrashuv davomida ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama masalalarni muhokama etishni rejalashtirishgan", — deya taʼkidlagan RIA Novostiga Qirgʻiziston prezidenti maʼmuriyatidagi manba.

Qirgʻiziston rahbari devonining tashqi siyosat boʻlimi boshligʻi Sapar Isoqovning jurnalistlarga maʼlum qilishicha, Atambayev Shavkat Mirziyoyev tomonidan Prezident sifatida qabul qilinadigan birinchi xorij davlat yetakchisi boʻladi.

Yuqori Norin kaskad GES qurilish bazasi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Qirgʻiziston Oʻzbekistonni GES qurishga chaqirdi
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganidan soʻng, rasmiy Toshkent va Bishkek munosabatlarida iliqlashuv roʻy bergan edi.

Sentyabr oyi boshida Oʻzbekiston tomon Qirgʻizistonning uchta yirik viloyatidan delegatsiya aʼzolarini Andijonga taklif qildi, natijada, 1 oktyabr kuni Qirgʻiziston Bosh vaziri oʻrinbosari Muxammetkalim Abulgaziyev boshchiligidagi rasmiy delegatsiya Oʻzbekiston Respublikasining Andijon viloyatiga doʻstona tashrif uyushtirdi. Bu aksariyat odamlar tomonidan tarixiy voqea sifatida qabul qilindi.

"Keyingi 11 yilda birinchi marta Qirgʻiziston rahbarlari, madaniyat, sanʼat va sport arboblaridan iborat 130 kishilik delegatsiya Oʻzbekistonga safar qildi. Toshkent tashabbusi bilan oʻtkazilgan tadbirga Oʻzbekiston Bosh vaziri birinchi oʻrinbosari Adham Ikromov mezbonlik qildi. Uchrashuvda tomonlar ikki davlat munosabatlarini yaxshilash toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladi", — deb fikr bildirgan edi Sputnik Qirgʻiziston mualliflaridan biri — Esen Shishkarayev.

Sal vaqt oʻtib, Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Adham Ikramov boshchiligidagi rasmiy delegatsiya Qirgʻizistonning janubiy poytaxtiga javob tashrifini uyushtirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala