Siyosat

Atambayev va Mirziyoyev xavfsizlik, savdo hamda oʻzaro doʻstlik haqida kelishdi

Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 24-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Samarqandga keldi

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev ishchi safar bilan Samarqandga tashrif buyurdi.

© Press-slujba prezidenta KыrgыzstanaQirgʻiziston prezidenti ishchi tashrif bilan Samarqandga keldi
Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev pribыl v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston prezidenti ishchi tashrif bilan Samarqandga keldi

 

Oʻzbekiston prezidenti rasmiy saytida berilgan xabarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev Hazrati Xizr majmuiga tashrif buyurib, Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi va uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdilar. Islom Karimov ruhi pokiga Qurʼon tilovat qilindi.

Oʻzbekistondagi chegara-nazorat punkti - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻn bir yillik tanaffus: Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlarining qayta jonlanishi
Shundan soʻng, Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekistonning yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan ikki mamlakat oʻrtasidagi masalalar yuzasidan muzokara oʻtkazdi.

Xoʻsh, ikki davlat rahbari nimalarga kelishib oldilar?

Atambayev "Man" mahsulotlarini yuqori baholadi

Xabarda taʼkidlanishicha, prezidentlar "JV MAN Auto-Uzbekistan" Oʻzbekiston – Germaniya qoʻshma korxonasiga tashrif buyurgan.

Oliy martabali mehmon qoʻshma korxonaning ishlab chiqarish salohiyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan.

Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston jahonda avtomobil ishlab chiqaruvchi yetakchi davlatlar qatoriga qoʻshildi. Bugun Oʻzbekiston avtosanoati mahsulotlariga koʻpgina mamlakatlarda, jumladan, Qirgʻizistonda ham talab yuqori.

Zavodda 15 tonnadan 50 tonnagacha yuk koʻtarish quvvatiga ega zamonaviy yuk mashinalari, jumladan, avtokranlar, izometrik furgonlar, suv tashish mashinalari, kombinatsiyalangan yoʻl mashinalari, kanal tozalash mashinalari, beton qorigich, paxta va chiqindi tashish mashinalari ishlab chiqarilmoqda.

Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti zamonaviy standartlarga muvofiq eng soʻnggi texnologiyalar bilan jihozlangan va Oʻzbekiston avtomobil sanoatining muvaffaqiyatini namoyon etadigan ushbu korxona faoliyatini yuqori baholadi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaQirgʻiziston prezidenti Oʻzbekistonning yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan "JV MAN Auto-Uzbekistan" zavodida boʻlishdi
Vizit Almazbeka Atambayeva v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston prezidenti Oʻzbekistonning yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan "JV MAN Auto-Uzbekistan" zavodida boʻlishdi

Ikki prezidentning yuzma-yuz muloqoti

Xabarda aytilishicha, Forumlar majmuasi saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev oʻrtasida muzokara boʻlib oʻtgan.

Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevga Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti vafoti munosabati bilan chuqur taʼziya bildirgani uchun minnatdorlik izhor etgan.

© Press-slujba prezidenta KыrgыzstanaQirgʻiziston prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi
Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev u mogilы Islama Karimova - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

"Almazbek Atamboyevning tashrifi Qirgʻiziston Oʻzbekiston bilan munosabatlarni kengaytirishga muhim ahamiyat berayotganidan dalolat ekani qayd etildi", — deyiladi xabarda.

Shundan soʻng, Qirgʻiziston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishonchli gʻalaba qozongani bilan yana bir bor tabriklagan.

Prezidentlar siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish va iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish masalalarini muhokama etib, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik qator muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

Terror mavzusi ham chetda qolmadi

Taʼkidlanishicha, tomonlar ekstremizm va diniy aqidaparastlik mintaqa barqarorligiga xavf solayotganiga eʼtibor qaratgan.

Bunday xavf-xatarlarga qarshi oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash zarurligi qayd etilgan.

Rustam Azimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Azimov Bishkekda Afgʻoniston delegatsiyasi bilan uchrashdi
Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish masalasini muhokama etish chogʻida ushbu jafokash zaminda tinchlik va osoyishtalikka erishish butun mintaqamizda xavfsizlikni taʼminlash, istiqbolli transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish, iqtisodiyotni yanada taraqqiy ettirish uchun muhim omil hisoblanishi taʼkidlangan.

Davlat rahbarlari yaqin qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va uni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitish zarurligini qayd etganlar.

Tomonlar Oʻzbekiston va Qirgʻiziston tashqi siyosat mahkamalari oʻrtasida 2016-2017-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi yangi shakldagi siyosiy muloqotni yoʻlga qoʻyishga xizmat qilishiga ishonch bildirganlar.

Oʻzaro savdo masalalari muhokama qilindi

"Savdo masalalari muhokamasida 2016-yilning oʻtgan davrida oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 23% oʻsganiga qaramasdan, bu koʻrsatkich yetarli darajada emasligi va ikki mamlakatning mavjud imkoniyatlariga mos kelmasligi qayd etildi", — deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston temir yoʻllari. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Xitoy-Oʻzbekiston temir yoʻl qurilishi 2016 yilda boshlanadi
Prezidentlar ikki yil davomida tovarlar turini tubdan kengaytirish va oʻzaro savdo hajmini 500 million dollargacha koʻpaytirish choralarini koʻrish zarurligini taʼkidlaganlar.

Shavkat Mirziyoyev buning uchun Qirgʻizistonga Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalari, yengil va yuk avtomobillari, avtobuslarni tizimli asosda yetkazib berish va ularga texnik xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish lozimligini taʼkidlagan.

Bundan tashqari, qirgʻizistonlik sheriklarga azot, fosfor, kaliy va murakkab kompleks oʻgʻitlar, elektrotexnika mahsulotlari – transformatorlar, barcha turdagi kabel-oʻtkazgich mahsulotlar, maishiy texnika, shuningdek, tayyor toʻqimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, preparatlar, mebel, oʻquv-laboratoriya jihozlari va boshqa sanoat mahsulotlari yetkazib berish taklif etilgan.

Qirgʻiziston tomoni, oʻz navbatida, Oʻzbekistonga yetkazib berilayotgan tovarlar turini qayta koʻrib chiqishi taʼkidlangan.

Qisqa temir yoʻl barpo etish masalasi koʻrib chiqildi

Mintaqada samarali transport yoʻllarini rivojlantirish iqtisodiy hamkorlikning strategik yoʻnalishi hisoblanadi.

Masalan, Markaziy Osiyoni Qirgʻiziston hududi orqali Xitoy bilan bogʻlaydigan qisqa temir yoʻl nafaqat mamlakatlar, balki butun mintaqaning tranzit salohiyatini sezilarli ravishda oshirish imkonini beradi.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston mutaxassislari Qirgʻiziston hududida bunday yoʻnalishni loyihalashtirish va qurishda ishtirok etishiga tayyor ekanini taʼkidlagan.

Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atamboyev muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlar ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarib, oʻzaro manfaatli hamkorlikning yangi sahifalarini ochishiga ishonch bildirdilar.

Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyevning Oʻzbekiston Respublikasiga amaliy tashrifi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala