MSK deputat Ahmadjon G‘ofurovning vakolatini muddatidan oldin to‘xtatdi

© SIK UzbekistanaMSK video-anjuman ko‘rinishida yig‘ilish o‘tkazdi
MSK video-anjuman ko‘rinishida yig‘ilish o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Ahmadjon G‘ofurovning vakolatini muddatdan avval to‘xtatdi

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. 2016 yil 23-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshqardi, deb xabar qilmoqda MSK matbuot-xizmati.

Oliy Majlis binosi - Sputnik O‘zbekiston
MSK axboroti: deputat va ikki senatorning vakolati muddatidan oldin tugatildi
Xabarda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Ahmadjon G‘ofurovning vakolatini muddatdan avval to‘xtatgani aytilgan.

"O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 16-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati A.G‘ofurovning deputatlik vakolati bergan arizasiga binoan muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi", deyilgan xabar matnida.

Yangiliklar lentasi
0