Jamiyat

Mirziyoyev Putinga hamdardlik bildirdi

© IA "Jaxon"Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Tu-154 samolyotining Qora dengiz ustida halokatga uchrashi munosabati bilan Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

TOSHKENT, 25 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qora dengiz ustida yuz bergan fojia munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Oʻzbekiston prezidenti aviahalokatda qurbon boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga oʻz hamdardligini izhor etdi.

"Qora dengiz ustida Tu-154 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani haqidagi xabarni ogʻir qaygʻu bilan qabul qildim. Mening chuqur taʼziyamni qabul qilishingizni va halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni soʻrayman", — deyiladi Oʻzbekiston rahbarining murojaatida.

Samolet Tu-154M, avariyno sevshiy v Komi, otremontirovan v Samare - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Rossiya MVning Tu-154 samolyoti Qora dengizga qulab tushdi

Oʻzbekiston xalqi ham rossiyaliklarga oʻz qaygʻusini bildirmoqda. Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga gullar keltirishmoqda va ijtimoiy tarmoqlarda oʻz hamdardliklarini izhor etishmoqda.

Aviahalokat 25 dekabr kuni ertalab Adler aeroportidan bir necha kilometr narida yuz berdi. Rossiya mudofaa vazirligining samolyoti havoga koʻtarilganidan bir necha daqiqa keyin radarlardan gʻoyib boʻlgan. Bortida 92 kishi boʻlgan samolyot qoldiqlari keyinroq sohildan bir yarim kilometr naridan topildi.

Fojia joyida qutqaruvchi va tergovchilar ish olib borishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala