Toshkentda "modalar" yangi yil yarmarkasi o‘tkazildi

© Sputnik / StringerToshkentda yangi yil yarmarkasi o‘tkazildi
Toshkentda yangi yil yarmarkasi o‘tkazildi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Myday pop-up store yangi yil yarmarkasi 10 dizayner, 8 brend va 18 savdo nuqtasini bir joyga jamladi

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘tgan dam olish kunlari O‘zbekiston badiiy Akademiyasi markaziy ko‘rgazmalar zaliga tashrif buyurganlar g‘aroyib yangi yil bezaklari, mamlakatdagi taniqli va boshlovchi dizaynerlar tomonidan qo‘lda tayyorlangan sovg‘alarga ega bo‘lishlari mumkin bo‘ldi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Myday pop-up store yangi yil yarmarkasi 10 dizayner, 8 brend va 18 savdo nuqtasini bir joyga jamladi. Tadbirga tashrif buyurganlarni mahsulotlar narxlari hayron qoldirdi va xursand qildi.

Yarmarka kuratori, stilist va shoper Eleonora Soyning aytishicha, mazkur "suzuvchi magazin" (pop-up store inglizchadan shunday tarjima qilinadi) taniqli va boshlovchi dizaynerlar hamda dunyoga taniqli brendlar mahsulotlarini arzon narxlarda sotish maqsadida tashkil etildi. Loyihaning asosiy maqsadi – odamlar yangi yil sovg‘alarini, bezaklarini bir joydan sotib olishlariga imkon yaratish edi.

"Toshkentda bo‘lib o‘tgan moda haftaligi davomida biz tanlab olgan yosh dizaynerlar bugungi tadbir orqali o‘z brendlari qay darajada ommalashganini ko‘rib oldilar. Bu yerda endigina tashkil etilgan yangi brend —Toy Chok taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. U yog‘ochdan o‘yinchoqlar tayyorlaydi, tabiiy bo‘yoqlardan foydalanadi. Yarmarka kunlari brend mahsulotlari savdosi yuqori bo‘ldi", — dedi loyiha kuratori.

Shubhasiz, ko‘rgazmaga tashrif buyurganlarning aksariyati taniqli dizaynerlar mahsulotlari bilan tanishish uchun kelishgandi. Ularga o‘tgan yilgi va yangi kolleksiyalar namoyish etildi.

Bundan tashqari, dizaynerlar archa o‘yinchoqlarini ham tayyorlashdi. Masalan, Moel Bosh brendi adrasdan do‘ppili sharchalarni taklif qilgan bo‘lsa, Forever Young —bo‘zdan tayyorlangan o‘yinchoqlarni namoyish etdi. Bunday o‘yinchoqlarni yuvish va bolalarga berish mumkin.

Shuningdek, yarmarkada archa uchun o‘yinchoqlar to‘plamlari ham sotuvga qo‘yildi. 60 ming so‘mga besh dona shar yoki 12 mingdan 50 ming so‘mgacha bo‘lgan o‘yinchoqlarni sotib olish mumkin edi. Yarmarka mehmonlari bezak, zargarlik buyumlari, kosmetika vositalari va shirinlar ham sotib olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Masalan, Holmuradov Design kumushdan tayyorlangan zargarlik buyumlarini namoyish etdi. Dizaynerlar Elena Milberger va NNAM zargarlik bezaklari, ko‘ylaklar, ipak sharflar, poyabzal kolleksiyasi va archa o‘yinchoqlarini taqdim etishdi.

Creaté brendi vakillari barchani bloknotlar kolleksiyalari, adras va yog‘ochdan tayyorlangan aksessuarlar, yog‘och va mato o‘yinchoqlar, sovg‘a qutilari bilan hayratda qoldirishdi. Milliy uslubda bezatilgan bloknotni 45 ming so‘mga sotib olish mumkin edi.

"Toshkentliklarda taniqli dizayner va mashhur brendlarning mahsulotlarini yangi yil arafasida bir joyning o‘zida sotib olish imkoniyati paydo bo‘lgani ajoyib bo‘ldi. Bu judayam qulay, do‘konma-do‘kon chopib yurmaysiz, hammasi bir joyda yig‘ilgan", — deydi Creaté loyihasi asoschilaridan biri Saodat Karimova.

Uning aytishicha, uning loyihasi ilgari ham qo‘l mehnati bilan turli yarmarkalarda qatnashgan, lekin bugungi yarmarka moda yarmarkasi ekanligi bilan ajralib turadi.

Dildora Qosimova asos solgan Candy Cotton brendi bolalar uchun yangi yil kolleksiyalari, to‘qima sharf va qalpoqlar, bezak va archa o‘yinchoqlarini taqdim etdi. Qizlar uchun ko‘ylaklar narxi 200 ming so‘mdan boshlanadi.

© Sputnik / StringerToshkentda yangi yil yarmarkasi o‘tkazildi
Modnaya novogodnyaya yarmarka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda yangi yil yarmarkasi o‘tkazildi

Lapin brendi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Bu yerda qulay kostumlar, aksessuarlar, ipak yostiqlar va boshqa buyumlar namoyish qilindi. Lapin tomonidan tayyorlangan ko‘ylakni 250 ming so‘mga sotib olish mumkin edi. 

TAIS&I mahalliy brendi esa qish fasliga mo‘ljallangan sharflar, qalpoqlar, qo‘lqoplar hamda interyer buyumlarini namoyish etdi. TAIS&I paltolarining narxi 2 million so‘mdan sal oshiqroq, to‘qilgan qalpoqlar esa 190 mingdan 250 ming so‘mgacha edi.

Myday pop-up store yangi yil yarmarkasi poytaxtliklar va go‘zallikni qadrlovchilar uchun haqiqiy bayram bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0