O‘zbekiston asosiy archasining chiroqlari yoqildi

© myday.uzToshkentdagi Yangi yil archasi
Toshkentdagi Yangi yil archasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Archa 10 mingdan ziyod qo‘g‘irchoq va rang-barang chiroqlar bilan bezatilgan

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. O‘zbekiston asosiy Yangi yil archasining chiroqlari yoqildi, deb xabar bermoqda myday.uz. Bu yil mamlakatning asosiy Yangi yil archasi "Lokomotiv-Anhor” bog‘i yonidagi salkam 4 gektar hududda bunyod bo‘lgan bayram maydonining markazida qad ko‘tardi.

Yangi yil archasining balandligi 26 metr, aylanasi 7,7 metrga teng. Uning barcha ehtiyot qismlari, hattoki unga bezatiladigan o‘yinchoqlar ham Rossiyadan keltirildi. Archa 10 mingdan ziyod qo‘g‘irchoq va rang-barang chiroqlar bilan bezatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida Yangi yil bayrami madaniy tadbirlari 2016-yil 28-dekabrdan boshlanadi va 2017-yil 8-yanvargacha davom etadi. Yangi yil archalari poytaxtning yana 8 ta maydonida o‘rnatildi.

Yangiliklar lentasi
0