Jamiyat

Ekspert Rustam Azimovning Dushanbega safari nega qoldirilganini aytdi

© Sputnik / Aleksey DrujininRustam Azimov
Rustam Azimov - Sputnik Oʻzbekiston
Rustam Azimov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining Dushanbega safar qilish muddati oʻzgardi

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. Shaxsi nomaʼlum qolishini istagan ekspert Sputnik Tojikistonga mazkur safarning qoldirilganidan turli mish-mish va uydirmalar chiqarmaslik kerakligini aytdi.

"Birinchidan, Tojikiston prezidenti Peterburgda, KXSHT mamlakatlari rahbarlari sammitida, usiz muzokaralar samarali boʻlmaydi. Bundan tashqari, tomonlar imzolashni moʻljallagan kelishuvlarni yanada aniqlashtirib olish uchun yana bir kun vaqt kerak boʻlishi mumkin", — dedi siyosatshunos.

Rustam Azimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rustam Azimov nega Tojikistonga boradi

Eslatib oʻtamiz, bugun Dushanbeda Oʻzbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtishi va unda iqtisodiy hamkorlik masalasi muhokama qilinishi lozim edi.

Tomonlar viza tartibini bekor qilish yoki yengillashtirish, transport qatnovini tiklash va Tojikistonda Ravon avtomobillari savdosi boʻyicha hujjatlar imzolashlari kutilgandi.

Hozircha Emomali Rahmon Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiyani 28 dekabr kuni qabul qilishi mumkinligi maʼlum.

Ekspert Aleksey Bыchkov - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Oʻzbekistonni Oʻrta Osiyoning eng rivojlangan mamlakatiga aylantirishi mumkin - ekspert

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq ekspertlar Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov vafotidan soʻng Markaziy Osiyodagi qoʻshni davlatlar bilan munosabatlar yaxshilanayotganligi sezilganligini maʼlum qilishgandi.

Bu haqda, xususan, Siyosiy tadqiqotlar instituti MDH davlatlari boʻlimi rahbari Aleksey Bichkov ham aytib oʻtgandi. Uning aytishicha, Shavkat Mirziyoyev — harakatchan rahbar. "Oʻzbekiston uchun Mirziyoyev — Rossiya uchun Aleksandr II kabidir. U oʻz mamlakatini Markaziy Osiyodagi eng rivojlangan mamlakatga aylantira oladi", — degan ekspert.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala