Jamiyat

Oʻzbekistonliklarni Rossiyaga qullikka joʻnatgan odamfurush qamaldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishSudlanuvchi
Sudlanuvchi - Sputnik Oʻzbekiston
Ularga Rossiyada yaxshi ish va katta oylik vaʼda qilishgan. Biroq Rossiya hududiga kelishlari bilan ularning hujjatlarini olib qoʻyishgan va qulga aylantirib, maoshsiz ishlashga majbur qilishgan

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. Oʻzbekiston milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari fuqarolarni Rossiyaga aldov yoʻli bilan joʻnatuvchi shaxs faoliyatiga chek qoʻydilar, deb xabar berdi kuch tizimidagi manba Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga.

Mazkur jinoiy harakat Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumani Qozoq qishlogʻida yashovchi Nasim Nordobov tomonidan oʻylab topilgan va amalga oshirilgan.

"Nordobov aldov yoʻli bilan Qashqadaryodagi fuqarolarga Rossiyadan yaxshi ish va katta maosh vaʼda qilib ularni bu davlatga ishlashga joʻnatgan. Rossiya hududiga kelishlari bilan ularning hujjatlarini olib qoʻyishgan va qulga aylantirib, maoshsiz ishlashga majbur qilishgan. Nordobov Rossiyaga joʻnatilgan har bir odam uchun mukofot sifatida pul olgan", — dedi MXX vakili.

Ayol - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qizlarni Rossiyaga "jinsiy qullik"ka joʻnatmoqchi boʻlganlar jazolandi

Nordobovning Rossiyadagi sherigi Moskvada roʻyxatga olingan "Afgan" firmasi egasi, Navroʻz ismli Afgʻoniston fuqarosi boʻlgan. Oʻzbekistonliklarni mehnat qilishga majburlash bilan aynan u shugʻullangan.

Soʻnggi vaqt davomida Nordobov qashqadaryolik toʻrt kishi — Rasul Norbadalov, Rauf Norbadalov, Siroj Norbadalov va Oʻlmas Boyqobilovni Rossiyaga joʻnatgan. Tergov-surishtiruv tadbirlaridan soʻng N.Nordobovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Kasbi tuman sudi hukmiga koʻra, Nasim Nordobov toʻrt yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala