Jamiyat

Afgʻoniston bilan savdo-sotiq hajmi 429 mln $ga yetdi

© AFPAfganskiy malchik gulyayet po Mazari-Sharif
Afganskiy malchik gulyayet po Mazari-Sharif - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston va Afgʻoniston iqtisodning turli sohalarida hamkorlik qilish uchun ulkan salohiyatga ega, deb hisoblaydi Afgʻoniston prezidentining katta maslahatchisi Xumoyun Qayumi.

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. Oʻzbekiston va Afgʻoniston orasida mahsulot almashish 2016 yilning 10 oyida 429 mln dollarni tashkil qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bu haqida bugun Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston va Afgʻoniston Savdo, transport va  energetika masalalari boʻyicha birlashgan komissiyasida xabar qilindi.

Elektr uzatish tizimi - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston Afgʻoniston infraqurilma tizimiga sarmoya kiritadi
Uchrashuv Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazri Elyot Gʻaniyev va Afgʻoniston prezidenti katta maslahatchisi Xumoyun Qayumi ishtirokida tashkil qilindi. 

Boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyati, oʻzaro savdo hajmini oshirish imkoniyatlari hamda hududiy transport va tranzit kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari kelishib olindi.

Xumoyun Qayumi oʻz nutqida ikki mamlakat orasida iqtisodning turli sohalarida mavjud boʻlgan ulkan imkoniyatlar haqida soʻzladi hamda Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan iqtisodiy diversifikatsiya qilishga va sanoat zamonaviylashtirishga qaratilgan islohotlarga yuqori baho berdi. 

Prezident maslahatchisi oʻzaro ishonch va qiziqishga qaratilgan hamkorlik savdo-iqtisodiy sohada bosqichma-bosqich rivojlanib borayotganini aytib oʻtdi.

Qobul shahri, Afgʻoniston - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev: Afgʻoniston bilan munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash lozim
Xususan, Qayumi infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va Afgʻoniston iqtisodini tiklash va kelajakda rivojlantirish uchun Oʻzbekistonning roli muhimligi qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz, komissiyaning birinchi kengashi Toshkentda 2015 yilning 20 aprelida boʻlib oʻtgan edi. Bugungi kunda Oʻzbekiston hududida Afgʻoniston ishtirokida 70 korxona ishlamoqda, ulardan 20tasi – 100% afgʻon kapitali ishtirokida tashkil qilingan.Ushbu korxonalar faoliyatining asosiy yoʻnalishi – xizmatlar sohasi, savdo operatsiyalari hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishdir.

2015 yil yakunlariga koʻra, ikki mamalkat orasidiagi savdo hajmi 444,5 mln dollarni tashkil qildi. Oʻzbekiston va Afgʻoniston orasidagi iqtisodiy hamkorlik “Savdo-iqtisodiy munosabatlar toʻgʻrisida”, “Temiryoʻl transporti sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida”, “Xalqaro transport yoʻnalishlari haqida” va “Tranzit va transport sohasidagi hamkorlik toʻgʻrirsida” kabi shartnomalar asosida tashkil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala