Iqtisod

YEOIIda umumiy elektr energiya va transport xizmatlari bozori tashkil qilinadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Fotobankka oʻtishYEOII Oliy kengashi Sankt-Peterburgdagi uchrashuvi
YEOII Oliy kengashi Sankt-Peterburgdagi uchrashuvi - Sputnik Oʻzbekiston
Bugungi uchrashuvda YEOII mamlakatlari rahbarlari ittifoq ichida umumiy elektr energiya va transport xizmatlari bozori tashkil qilish haqida hujjatni tasdiqlashdi.

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari rahbarlari Ittifoq hududida umumiy transport xizmatlari bozori va umumiy elektr energiyasi bozori tashkil qilish haqidagi hujjatlarni tasdiqlashdi, deb xabar qildi YEOII Iqtisodiy komissiyasi vakili Tigran Sarkisyan.

“Umumiy elektr energiyasi bozori tashkil qilish haqidagi hujjatlar tasdiqlandi. Ushbu dastur mamlakatlar orasida energiya sotish boʻyicha munosabatlarni erkinlashtiradi. Buning uchun milliy subʼyektlar oʻzaro savdo qilish imkoniga ega boʻlgan maxsus savdo maydonchasi yaratiladi. Hujjatda ushbu mexanizm batafsil  aytib oʻtilgan”, — dedi komissiya vakili.

“Shuningdek, umumiy transport xizmatlari bozori tashkil qilish haqidagi hujjatlar tasdiqlandi. Ushbu hujjat ham davlatlararo munosabatlarni liberallashtirishga va milliy subʼyektlar uchun bir xil sharoitlar yaratishga qaratilgan. Bu raqobatni kuchaytirib, natijada sohadagi umumiy holatni yaxshilaydi”, — deb qoʻshimcha qildi Sarkisyan.

YEOII Iqtisodiy komissiyasi vakili aytishiga qaraganda, sammitda turli sohalarga taaluqli 25ta turli masalalar koʻrib chiqilgan. Ular orasida tashqi va ichki savdoga oid masalalar ham bor.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala